Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari


-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik


Download 481.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi481.6 Kb.
#1017150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
02. Standartlashtirish qonuni

4-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik 
Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va O‘zbekiston 
Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
standartlashtirish 
sohasidagi 
munosabatlar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. 
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
ta’riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari 
qo‘llaniladi. 
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
II BO‘LIM. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR 
6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar 
qo‘llaniladi: 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; 
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari; 
tashkilotning standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 
(6-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 
2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan 
almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. 
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli 
Qonuniga
 muvofiq ikkinchi 
qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish 
qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab 
chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi. 
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy 
standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan 
shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika 
hududida qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z 
vakolatlari doirasida belgilaydilar. 
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining 
zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi 
lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. 
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga 
mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar 
belgilab qo‘yiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan 
o‘zgartishlar “O‘zstandart” agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 


“O‘zstandart” agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ 
hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
(6-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va 
axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat 
qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar 
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati subyektlari rioya etishi uchun majburiydir. 
(6-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga 
kiritilgan, qonunchilikda nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin. 
(6-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik 
reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, 
yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. 
(6-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 

Download 481.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling