Aloqa to‘g‘risida
Download 27.47 Kb.
|
huquq2 MUXTOROV
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modda. Aloqaning vazifalari
- 2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari
- 3-modda. Aloqa to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ALOQA TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi. 1-modda. Aloqaning vazifalari Aloqa O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog‘i orqali jo‘natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi. 2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat. (2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir. 3-modda. Aloqa to‘g‘risidagi qonunchilik (3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Aloqa sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling