Yer osti boyliklari to‘G‘risida


Download 23.47 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1501789
  1   2   3
Bog'liq
“YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA


YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
444-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Yer osti boyliklari to‘g‘risida
(yangi tahriri)
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari mineral xomashyoga bo‘lgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer qa’ridan oqilona, kompleks foydalanilishini, yer qa’ri, atrof muhit muhofaza qilinishini, yer qa’ridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini ta’minlashdan, shuningdek yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishdan, shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan geologik obyektlar — ilmiy va o‘quv poligonlari, geologik qo‘riqxonalar, geologik buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat yodgorliklari, g‘orlar hamda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan boshqa yer osti bo‘shliqlari;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
yer qa’ri — yer qobig‘ining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami bo‘lmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish — O‘zbekiston Respublikasi hududini mintaqaviy geologik jihatdan o‘rganishni, foydali qazilma konlarini aniqlash, chamalash va qidirishni, ulardagi zaxiralarning miqdori va sifatini, ularning texnologik xossalarini va iqtisodiy ahamiyatini, shuningdek yer qa’rining boshqa xossalarini belgilashni o‘z ichiga oladigan, yer qobig‘i geologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga doir maxsus tadqiqot ishlari majmui;
keng tarqalgan foydali qazilmalar — tabiiy holicha yoki bir oz ishlov berib va tozalab ishlatiladigan foydali qazilmalar;
konditsiyalar — yer qa’ridagi foydali qazilmalar (neft, gaz va gaz kondensatidan tashqari) zaxiralarini hisoblashga doir, foydali qazilmalarning texnologik xossalari, konni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi, energiya resurslarining narxlari hisobga olingan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslantirilgan talablarning majmui;
mineral xomashyo — qazib chiqarilgan va birlamchi ishlov berishdan o‘tkazilgan foydali qazilmalar;
sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari — tarkibida erigan holatdagi foydali qazilmalar bo‘lgan yer osti suvlari va yer osti tuz eritmalari;
tajriba-sanoat yo‘sinida kavlab olish — yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish jarayonida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yo‘sinida ishlatishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida foydali qazilmalarni kavlab olish;
texnogen mineral hosilalar — konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarishlarning foydalanish uchun yaroqli foydali komponentlar bo‘lgan chiqindilari;
foydali komponent — foydali qazilmaning sanoat yo‘sinida ishlatish maqsadida qazib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan tarkibiy qismi;
foydali qazilma koni — yer qa’rining miqdori va sifati jihatidan ishga solish obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydali qazilmalari bor uchastkasi;
foydali qazilmalar — yer qa’ridagi kelib chiqishi noorganik va organik bo‘lgan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi tabiiy mineral hosilalar, shu jumladan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, sho‘r ko‘llarning tuz eritmalari va rapalari;
foydali qazilmalarni kavlab olish — foydali qazilmalarni yer qa’ridan yuzaga chiqarib olish bilan bog‘liq ishlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
oltin izlovchilar usulida kavlab olish — yer qa’ri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda kavlab olish.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling