Elektr yuritmaning rivojlanish tarixi


Download 321.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.03.2023
Hajmi321.13 Kb.
#1258346
Bog'liq
elektr yuritmalar



ELEKTR YURITMANING 
RIVOJLANISH TARIXI .



Elektr
yuritma deb elektr motor
, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan, tezligini rostlaydigan, tormozlab 
to‘xtatadigan) elektr apparatlari va motor bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat 
qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to 
‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezUgini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda 
aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma 
deyiladi. Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma 
rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida 
o ‘zgartgich ham bo'lishi mumkin. 0 ‘zgartgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, 
o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatim 
hamda tazalar sonini o'zgartiradigan moslamaga aytiladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr 
yuritma vositasida elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan tashqari, bu mexanik 
energiyani elektr usuh bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi.



Natijada, texnologiya
jarayonini takomillashtirish
, ish unumi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo'ladi. Birinchi elektr 
yuritmasi 1838- yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘zi kashf etgan o‘zgarmas tok motorini kemaga 
o'm atib, uni harakatlantirgan, ammo bu paytda tejamli tok manbayi mavjud emasligi sababli elektr yuritmani keng ko'lamda 
qo'llash imkoni bo‘lmagan. Rus injeneri M.O.DolivoDobrovolskiy tomonidan 1889— 1891 - yillar orasida transformator, 
asinxron motori va uch fazali sistemaning yaratilishi bilan elektrotexnika taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. 
Bu rus injeneri o‘z navbatida uch fazali elektr energiyasini transfor- mator vositasida uzoq masofaga tejamli uzatib, 
Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilgan elektrotexnika sohasidagi birinchi umumjahon ko'rgazmasida o ‘zi yasagan 
asinxron motorli nasos elektr yuritmasi ishini namoyish etgan. Shundan so‘ng, XX asming boshlaridayoq elektr energiyasini 
dunyo miqyosida ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish keng rivojlanib, elektrotexnika hat to 
fan sifatida shakllana boshladi. Agar 1915—16- yillarda Toshkent ko'chalarida Belgiyadan keltirilgan konka nomli otlar bilan 
harakatlantiriladigan yuritmalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyatining Asaka shahrida qad ko'targan 
zavodda robot va kompyuterlar bilan boshqariladigan elektr yuritmalaming konveyer Uniyalarida Neksiya, Damas, Tiko va 
Matiz nomh yengil avtomobillar uzluksiz ravishda ishlab chiqarilmoqda, shahrimiz ko'chalarida esa, ketm a-ket qo‘zg‘atishli 
o‘zgarmas tok motorU elektr yuritmaga ega bo‘lgan zamonaviy jihozlangan tramvay, trolleybus va metropoliten ishlab turibdi. 
Demak, hozirgi kunda og‘ir va yengil sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xatto maishiy xizmat texnikasida elektr yuritmada n 
keng va samarali foydalanilmoqda. Elektr yuritmalarda qoilaniladigan
motor turlari



Elektr yuritmalarda qoilaniladigan
motor turlari Sanoat
, transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va 
maishiy xizmat texnikalari elektr yuritmasining motoriari o‘zgaruvchan, o'zgarmas tok va katta quwatlarda, turh 
tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Xususan, ishlashda ishonchU, sodda tuzilishli, o'lchamlari va massasi kichik, arzon 
bo‘lgan asinxron motorlar keng qo'llanilmoqda. Jumladan, uzluksiz ishlaydigan transport, nasos, kompressor, 
ventilyator mexanizmlarining yuritmasida 4A, 5А, АИ va PA seriyali kichik quwatli asinxron motorlar ishlatiladi. Ishga 
tushirish sharoiti og‘ir va tezhgi rostlanishi kerak bo‘lgan mexanizmlar yuritmasida 4 AK va 4AHK seriyali faza rotorli 
asinxron motorlaridan foydalaniladi.
Katta quwatli
, rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar safiga АТДИ, A4, 
ДА304, АДО, BAH seriyaUlari kirib, faza rotorlilar safiga esa AK4, BAK3, AOK, АКСБ va boshqa seriyalilar kiradi. 
АТДИ seriyali asinxron tu rbom otorlar esa 6—10 kV kuchlanishda, 500—8000 kW quwatlarda ishlab chiqariladi, faza 
rotorli AK4 seriyali motorlar esa, 250—1000 kW quwatlarda chiqarilib, tezligi rostlanuvchan mexanizmlar yuritmasida 
qo‘llaniladi. Shuningdek, parmalash qurilmalari yuritmasida quwati 600, 800 va 1000 kW bo‘lgan AJCCB
seriyali
, AEC 
nasoslari yuritmasida esa, BAK3 seriyali, quwati 1600 va 3400 kW, kuchlanishi 6 kV, aylanish chastotasi 1000 ayl/min 
bo‘lgan faza rotorli motor ishlatiladi. Hozirgi kunda 70 turdagi kichik quwatli asinxron motorlar ishlab chiqarilmoqda.



Xususan, quwati 1—750 W bo'lgan АБЕ, 4A va АИ seriyalarda kondensatorli asinxron motorlar, 
kir yuvish mashinalari yuritmasida esa ҚЦ seriyali motorlardan foydalanilmoqda. Rotoming 
aylanish tezligi va yo'nalishi stator tokidan hosil bo'lgan aylanuvchan magnit maydoni tezligi va 
yo'nalishi bilan bir xil bo‘lgan o‘zgaruvchan tok motori sinxron motor deyilib, ular 1000 dan bir 
necha 10 ming kW gacha quwatlarda, 3000 dan 100 ayl/min chastotalarda ishlab chiqarilmoqda. 
Sinxron motorlar 1500 dan 300 ayl/m in chastotalarda rotori ayonmas qutbli, 100 ayl/min va 
undan kichiklarda esa, ayon qutbli tuzilmalarda chiqariladi. Rotorida qo‘zg‘atish chulg'ami bo'lm 
agan reaktiv sinxron m otorlar kichik quw atlarda uch fazali va bir fazali (kondensatorli) qilib 
chiqarilmoqda. Doimiy magnit bilan qo‘zg‘atiladigan motorlar kichik quw atlarda (bir necha W 
dan bir necha 10 kW gacha) uch va bir fazali tuzilishlarda ishlab chiqariladi. 0 ‘zgarmas tok 
motoriari murakkab tuzilishli, qimmat va ishonchliligi past bo‘lgani sababli o‘zgaruvchanlilarga 
nisbatan kam ishlatiladi.



Ular asosan 2П, П2 va maxsus seriyali motorlar bo'lib, turh quw at va aylanish chastotalariga m 
o‘ljallab chiqariladi va tezligi rostlanishni talab qiladigan mexanizmlar yuritmasida qo‘llaniladi. 
Xususan, 2П seriyali motorlar 0,37 dan 200 kW gacha quwatlarda chiqarilib, ular qutblariga 
mustaqil va kompensatsiyalovchi chulg‘amlar o‘matilgan bo‘ladi. Kran mexanizmlarining 
yuritmasida o‘zgarmas va o'zgaruvchan tok m otorlaridan foydalaniladi. Bunda ular 
takrorlanuvchi qisqa muddatli rejimda ishlagani uchun (ulanish davomiyligi 15, 25 va 60%, 
hamda sikl davomiyligi 10 minutdan oshmasligi sababli) bunday motorlar harorati ish davrida 
o‘zining turg‘un haroratigacha ko'tarila olm aydi, pauza-tanaffus paytida esa, atrof- l.i-rasm. 
muhit haroratigacha soviy olmaydi. Shu sababli kran m o to riari mexanik jihatdan mustahkam 
ishlangan bo‘lib, yuqoriroq o ‘ta yuklanishga hisoblab chiqariladi. Ular odatda berk tuzilishga ega 
bo'lib, tashqarida o‘matilgan
ventilyator bilan sovitiladi



Bu esa katta quvvatga ega bo‘lgan elektr yuritmalaming tezligini rostlashda sirpanish energiyasini tarmoqqa 
qaytaradigan tizimlami ishlab chiqishni, ya’ni, assinxron ventil kaskadlarini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan 
tashqari lift ko‘targich va shunga o‘xshash qurilmalarda bir necha xil tezlikni ta’minlovchi assinxron dvigatellar 
qo‘llaniladi. Yuqorida qayd etilgan avtomatlashgan elektr yuritmalar nazariyasini professor X. Karimov 
rahbarligidagi olimlar amaliyotga tatbiq etdilar. Olim boshchiligida assinxron ventil kaskadli elektr yuritma ishlab 
chiqildi va uning ishlash rejimlari tadqiq etilib, korxonalarda qo‘llashga tavsiya etildi. Asosan, qisqa tutashgan 
rotorli qutblari kon- taktsiz o‘zgartiriladigan ko‘p tezlikli assinxron dvigatel yaratildi va bu dvigatel liftlarning 
avtomatlashtirilgan elektr yuritmasida qo‘liana boshladi. Hozirda, energiya resurslarining taqchilligi sezilayotgan 
bir paytda o‘zbek olimlari yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda elektr energiyani tejash bo‘yicha ilmiy izlanishlar 
olib borib, respublikamizning qishloq xo‘jaligi va sanoatining barcha sohalariga izchillik bilan tatbiq etmoqdalar. 
Jumladan, professor О. O. Xoshimov rahbarligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yangi energiyani 
tejamlovchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar turkumi joriy qilindi. Natijada metallurgiya sanoatida o‘rtacha 
30- 40% energiya tejamkorligiga erishildi.



EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT 
412-20 GURUH TALABASI 
USMONQULOV FOZIL .


Document Outline

  • Slide 1: Elektr yuritmaning rivojlanish tarixi .
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9: Eʼtiboringiz uchun rahmat 412-20 guruh talabasi Usmonqulov fozil .
  • Slide 10

Download 321.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling