26-variant test


-savol. Korporativ siyosat. Korporativ siyosatni zarurligi


Download 472.9 Kb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi472.9 Kb.
#1415265
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya fanidan Joriy nazorat

2-savol.
Korporativ siyosat. Korporativ siyosatni zarurligi. .. Jahon amaliyotida korporativ boshqaruv deb yuritiladigan, lekin ushbu kitobda kengroq ma’noda korporativ siyosat deb qabul qilingan, muammo. Ayniqsa XIX-XX chi asrlarda yirik ochiq kompaniyalami (aksiyadorlik shaklidagilamif vujudga kelishi bilan keskin tus ola boshlagan. Bunga sabab, bunday kompaniyalarda keskin ravishda mulkka egalik va uni boshqarish huquqlarining ajralishi jarayoni sodir bo‘ldi. Chunki, shu davrgacha qo`llarida ham ijrochilik ham nazorat funksiyalarini ushlab kelgan kompaniya egalari o‘zlarining faoliyat sohalarini kengaytirish maqsadida kompaniyadagi ijrochilik funksiyalarini boshqa shaxslarga, ya’ni professional boshqaruvchi menejerlarga (top-menejerlarga), berishga majbur bo‘lganlar. Bunday jarayon boshlanishi bilanoq kompaniyalarda yollanma boshqaruvchi menejerlar va aksiyadorlar o'rtasida manfaatlar ziddiyatini vujudga kelishi tabiiy holat bo`1di. Xususan, boshqaruvchi menejerlar kompaniyada salmoqli mavqega (statusga), ijtimoiy himoyaga, yuqori maosh va bonuslarga ega bo‘lishdan manfaatdor bo'lib, aksiyadorlar esa kapitalizatsiya va daromadlami o'sishidan manfaatdor. Korporativ siyosatning dolzarbliligi, ayniqsa, jahon moliya bozori tendensiyalarini o'zgaruvchanligi va transparentliligini oshirish, unda investorlar uchun raqobatli kurash va ulaming risklarini pasaytirish, huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta’minlanishini kuchaytirish, moliyaviy inqirozlami oldini olish zarurati va shu kabi boshqa zaruratlar bir qator industrial davlatlarda unga bo`lgan qiziqishning ortib borishi bilan belgilanadi. Muhim sabablardan yana biri 1990-yillaming oxirida «Vashington konsessusi» posto`latlarini
taftish qilinishidir. Bularning barchasida коrporativ siyosatga e’tiborning ortishi iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi va xavfsizliligi, bozorning riskliligi va informatsion shaffofliligi (transparentliligi) kabi muammolar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Umuman olganda, korporativ siyosat tarixi — kompaniya doirasida manfaatlari bir-biri bilan qarama-qarshi (zid) bo'lgan, lekin iqtisodiyhuquqiy mexanizm asosida tartiblashtiriladigan, taraflaming (ya’ni aksiyadorlar va yollanma boshqaruvchi menejerlar, kompaniya sheriklari, kreditorlari va h.k.) korporativ munosabatlari tarixidir. Bozor iqtisodiyotiga mansub rivojlangan mamlakatlarda korporativ siyosat nafaqat yirik kompaniyalar va ularning faoliyatidan manfaatdor bo'lgan shaxslar (kompaniya sheriklari, kreditorlari va h.k.) o'rtasidagi hamda aksiyadorlar va boshqaruvchi menejerlar o'rtasidagi munosabatlar va ziddiyatlarni (konfliktlarni) tartiblashtiradi, balki aksiyadorlar (mayda aksiyadorlar va aksiyalarning nazorat paketiga ega aksiyadorlar) o'rtasidagi munosabat va ziddiyatlarni ham tartiblashtiradi. Rivojlanayotgan (masalan, Lotin Amerika, Afrika) va o'tish davri iqtisodiyotiga mansub ko'pchilik mamlakatlarda (masalan, Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH) esa bu korporativ siyosat doirasiga (ayniqsa, xususiylashtirilgan kompaniyalarda) davlat ham qo'shiladi. Bunday mamlakatlarda davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar tufayli kompaniyalardagi коrporativ siyosatga davlatning ta’siri, ayniqsa, sezilarli bo'ladi. Hozirda korporativ siyosat yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida umumlashib (standartlashib, unifikatsiyalashib) borayotgan alohida bir butun va o'zining korporativ muhitiga ega kompaniya faoliyati bilan bog'liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlar va institutlar majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab korporativ tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Kompaniyalardagi korporativ siyosat nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojiga hamda ularga ta’sir etuvchi turli omillarga bog'liq bo'lganligi sababli korporativ siyosatga oid instrumentariy (termin va tushunchalar) va metodologiya uzluksiz ravishda takomillashib va rivojlanib borishi tabiiydir (1-ilovaga qaralsin). Bunda inson sivilizasiyasining korporativ siyosat sohasidagi tajribasini boyishi, unda manfaatdor shaxslarning o'zaro munosabatlari va qiziqishlari kengayib, manfaatlari va ehtiyojlari ortib, ularning haq huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishi katta ahamiyatga ega.
Aytilganlardan kelib chiqib, keng ma’noda korporativ siyosat va torroq ma’noda korporativ boshqaruv, konsepsiyasiga (nazariyasiga) oid instrumentariyga asoslangan holda quyidagi tushunchalarni keltirish mumkin.
Download 472.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling