261f7bc3-8367-496e-b1df-ed27abe51313/841ff325-af11-45ce-ab8a-4e35e0f406d7


Download 66.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi66.26 Kb.
#1345256
  1   2
Bog'liq
7 - Maruza mashg\'uloti



7 – MARUZA MASHG’ULOTI 
Mavzu: Chizmalarga shakl xatoliklarini qo’yishni o’rganish. 
REJA
1. Detallarning shakllari. 
2. Geometrik shakl o`zgarishlari. 
3. Shakllarning sinflarga bo`linishi. 
 
Detallarning geometrik parametrlari aniqliligini tahlil qilishda quyidagi sirtlar 
farq qilinadi: nominal (shakl va o`lchamlar chetlanishlariga ega bo`lgan (ideal)) va 
detalni atrof muhitdan ajratib chegaralaydigan real (xaqiqiy) sirtlar. Detallarning 
real sirtlari ishlov berish yoki mashinalarni ishlatishdagi shakl o`zgarishlari 
natijasida hosil bo`ladi. Shunga o`xshash nominal va real sirtning (profilning) 
nominal va real joylashuvini farq qilishga to`g’ri keladi. Sirtning nominal 
joylashuvi ular va bazalar orasidagi yoki agar bazalar berilmagan bo`lsa, 
qaralayotgan sirtlar orasidagi nominal chiziqli va burchakli o`lchamlar bilan 
aniqlanadi. 
Baza – detalning tekisliklardan birini yoki kordinatalar tizimi o`qlarini 
aniqlaydigan sirti, chizig’i, nuqtasi unga nisbatan joylashuv cheklamasi beriladi 
yoki joylashuvining chetlanishi aniqlanadi. 
Sirt profili – sirtning tekislik yoki berilgan sirt bilan kesishish chizig’i 
(konturi). Real sirtlar yoki profillar nominallaridan farq qiladi. 
Haqiqiy shaklning nominal shakldan chetlanishlari natijasida detalning turli 
kesimlaridagi o`lchamlari bir – biridan farq qiladi. Profil chetlanishlarini tahlil 
qilish uchun haqiqiy sirt kesimi konturini fazoviy burchaklar va amplitudalar 
spektorlari, ya`ni turli chastotali chetlanishlar majmuasi bilan aniqlanadigan profil’ 
chetlanishlarning garmonik tashkil etuvchilari majmuasi bilan xarakterlash 
mumkin. Konturograflari garmonik analizatorlar bilan uyg’un holda qo`llash 
detallar geometrik parametrlari chetlanishlari xarakterini tadqiq qilish, ularning 
paydo bo`lishi sabablarini aniqlash va texnologik jarayonlari takomillashtirish 
yo`llarini belgilash imkoniyatini beradi. Geometrik parametrlar chetlanishlarini 


ancha yirik holda turlarga ajratish mumkin: xususan o`lchamning chetlanishlari 
nolinchi tartibdagi chetlanishlarga; sirtlar joylashuvlarining chetlanishlari (e) 1-
inchi tartibdagi chetlanishlarga; sirt shaklining chetlanishlariga ( F) 2-inchi 
tartibdagi chetlanishlarga; to`lqinsimonlik xarakteriga ega chetlanishlar 3-inchi 
tartibdagi chetlanishlarga; sirt g’adir budirligi 4-inchi tartibdagi chetlanishlarga 
kiritiladi. 
Umumiy holda buyumlarning maqbul sifatini hosil qilish uchun chiziqli va 
burchakli o`lchamlar, detallar va ular tarkibiy qismlari sirtlari shakli va 
joylashuvining aniqligini, shuningdek, detallar sirtlarining to`lqinsimonligi va 
g’adir-budurligini me`yorlash va nazorat qilish zarur. 

Download 66.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling