№27 ma’NAVIY- ma’rifiy soatlar rejasi
O'zgaruvchan toifadagi oilada esa
Download 105 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salbiy toifadagi oilalarda
- Maqollar izohlang
O'zgaruvchan toifadagi oilada esa harqaror yo'nalish bo'lmaydi. Oilada so'z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda bo'ladi. Faqat burch hissigina, muayyan majburiyatni bajarishgina oila a'zolarini birlashtirib turadi. Bunday oilalarda er ham, xotin ham bolalarga alohida holda o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qilishadi, raqobatlashadi, murosa qilinmaydi, har kim o'zinikini singdirishga urinadi. Bunday oilalarda o'sgan farzandlar ikkiyuzlamachi, munofiq bo'ladilar.
Salbiy toifadagi oilalarda esa barcha narsa yagona narsaga bo'ysundirilgan, ya'ni mol-dunyo to'plashga, moddiy-maishiy jihatdan ustunlikka erishishga qaratilgan. Bunday oilalarda har qanday mehnat ish haqi miqdori bilan o'lchanadi. Oila boshlig'ining zo'ravonligi, zolimligi, unga ko'r-ko'rona va so'zsiz bo'ysunish, sajda qilish, zaif va nimjon oila a'zolari faolligini poymol qilishga intilish ustun bo'ladi. Meshchanlik ideal yoki diniy e'tiqod doirasidan chiqish hollari (kitob o'qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi. Bu yo'nalishga mansub oilalarda xudbin, qo'rqoq, jamiyat uchun xavfli o'g'il-qizlar yetishib chiqishlari mumkin). Oilaviy munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, qat'iylik, qadr-qimmat hissi kabi yuksak insoniy hislar shakllana boshlaydi. Asta-sekin tug'ishganlarga g'amxo'rlik aka-ukalik va opa-singillik mehri, ota-onalarga muhabbat va shafqat kabi tuyg'ular namoyon bo'la boradi. Shu o'rinda o'zbek oilalarida bola ko'payishining sabablarini tahlil qilib ko'ramiz. 1. Ko'p bolalikdan oila ham, jamiyat ham manfaatdor bo'lgan. Sababi: oilada bolaning iqtisodiy mavqei (ayniqsa, o'g'il bolaning) mavqei juda yuqon turadi. Oila yumushlarida hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, bolalar mehnatidan foydalanilgan; 2. O'zbekistonda mehnatga yaroqli aholining 80% qishloq xo'jaligida band bo'lgan, qishloq hayoti qo'l mehnatiga asoslanganligi uchun ko'p bolalikni taqozo etgan; 3. Ayollarning jamiyatdagi o'rni — ayollar asosan uy ishlari va bola tarbiyasi bilan band bo'lganlar; 4. Islom dinining ta'siri — bu dinda oila qurish, bola ko'rish va tarbiyalash muqaddas hisoblanib, homilani turli yo'llar bilan yo'qotish gunoh hisoblangan; 5. Mavjud mahalliy urf-odatlar ta'siri — serfarzand oilalar e'zozlanib, farzandsiz oilalar kamsitilgan; 6. O'zbek oilalarida qizlarni erta turmushga berish odat bo'lgan, tabiiyki, qanchalik erta turmush qurilsa, shunchalik ko'p bolalik bo'linadi; 7. O'zbek xalqi qadimdan oiladan tashqaridagi hayotni tasavvur qilaolmaydi, u faqat oilada farzandlari bilan yashashni baxt mezoni deb biladi. Maqollar izohlang: Davlating – ota-onang. Ota – onaning duosi o`tda yondirmas, suvda cho`ktirmas. Ota- onasini tanimagan, Tangrini ham tanimas. 5. Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni baholab rag`batlantirish. Uyga vazifa mavzuni o`qib kelish topshiriladi. 6. Darsni mustahkamlash va yakunlash. Uyga vazifa mavzuni o`qib kelish topshiriladi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling