27-Maruza. Ish joylarini mehnat sharoitlari bo’yicha attestasiyadan o’tkazish tartibi


Download 46.72 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi46.72 Kb.
#1645032
  1   2   3
Bog'liq
27 ma\'ruza


27-Maruza. ISH JOYLARINI MEHNAT SHAROITLARI BO’YICHA ATTESTASIYADAN O’TKAZISH TARTIBI.

Mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlash, hamda uni yuksaltirish


masalasi va muammosini ishlab chiqarishda samarali yechish shu sohada qonuniy,
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va
vositalari tizimini takomillashtirishni talab etadi.
Ilmiy tomondan asoslangan mehnat va dam olish tartibini joriy etish,
ta’sirchanlik, zo‘riqishlami kamaytirish borasida chora-tadbirlami amalga oshirish,
ishchilar o‘rtasida kasbga qarab tanlov o‘tkazish, ishlovchilami kasb bo‘yicha
o‘qitishga, yo‘riqnomalardan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishni olib borishga katta
e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.
Sanoatda, suv va qishloq xo‘jaligi korxonalarida to‘kis sanitariya-gigiyena
sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va
kasb kasalliklarini butunlay yo‘qotish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Ishlovchilaming jarohatlanishlarini va kasb kasalliklarini bartaraf etish, ish sifati
va samarasini oshirish uchun mehnat sharoiti holatini yuqori darajada ta’minlash
kerak. Bu ishlami amalga oshirish uchun oldin ish o‘rinlaridagi mavjud mehnat
sharoiti ko‘rsatkichlarini aniqlash, belgilash va odchash, ya’ni ish o‘rinlarida
mehnat sharoitining ekspertizasini o‘tkazish kerak bo‘ladi. Aniqlangan, olingan va
o‘lchab topilgan natijalar o‘rganiladi, tahlil qilinadi va shunga qarab xulosa
chiqariladi.
Ish o‘rinlarining, mashina va mexanizmlar, texnologik jarayonlar, bino va
inshootlaming amaldagi MXST, SanQvaM, mehnat xavfsizligi, texnika xavfsizligi
va yong‘in xavfsizligi qoida va talablariga javob berish yoki bermasligini, hamda
mehnat xavfsizligi chora-tadbirlarini rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlami
to‘plash maqsadida ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkaziladi .


  1. Download 46.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling