27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish aylanish tezligi va uni rostlash. Reja
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tezligini yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab rostlash
Download 25.17 Kb.
|
27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish-fayllar.org (1)
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tezligini yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab rostlashBunday usul tezlikni rostlashning sifat ko‘rsatkichlariga uncha yuqori bo‘lmagan talablar qo‘yilgan energetik ko‘rsatkichlari asosiy rol o‘ynamagan hollarda qo‘llaniladi. Bu usulni amalga oshirish oson hamdir (27.3 a – rasm). (27.7) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, 0 ning qiymati RQ ga bog‘liq emas. Tavsifning nishabligi (27.8) bo‘yicha RQ ga to‘g‘ri proporsionaldir. 27.5 – rasmda MQ O‘TM ning yakor zanjiriga RQ1 < RQ2 < RQ3 qarshiliklari ulash natijasida hosil qilingan mexanik (elektromexanik) tavsiflar keltirilgan. Tezlikni rostlash diapozoni D = (2-3):1 dan oshmaydi. Sababi tezlik oshgan sari mexanik tavsifning bikrligi kamayib boradi. Tezlik tabiiy mexanik tavsifdan pastga qarab rostlanadi. Bunday usulda tezlikni rostlash tezlikni pog‘onali rostlash usuliga kiradi. 48 Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, qo‘shimcha qarshiliklarga sarf bo‘ladigan xarajatlar uncha ko‘p bo‘lmagan holda elektr energiya isrofi sezirarli darajada ko‘p bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Quvvat isrofi P ni tarmoqdan olinayotgan P1=UI va valdagi foydali mexanik quvvat P2=M lar ayirmasidan aniqlaymiz P=UI - M = kF0I - kFI = F0I(0 - )/0=P1S (27.11) bu yerda, (0 ) /0 /0 - tezlikning nisbiy o‘zgarishi. (27.11) dan ko‘rinib turibdiki, agar = 0,5 bo‘lsa, u holda D = 2: 1 bo‘lib, P1 ning deyarli yarmi motorning quvvat isrofini tashkil etadi, bu esa FIK ning 50% dan oshmasligini anglatadi va rostlash diapazoni oshgan sari FIK ning proporsional kamayib borishini ko‘rsatadi. Motorning sun’iy tavsiflarida ruxsat etilgan, ya’ni motorning qizishi ko‘rsatilgan qiymatidan oshmaydigan qiymatida ishlashini ta’minlovchi moment qiymatini aniqlaymiz. Bu usulda tezlikni rostlaganimizda magnit oqimi nominal qiymatiga teng bo‘lib, o‘zgarmasligini hisobga olsak, u holda Mrux=kFHIH=MH , (27.12) – rasm. Yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab tezligi rostlanadigan MQ O‘TM ning mexanik(elektromexanik) va rostlanuvchi qarshiliklarini hisoblash tavsiflari – rasm. MQ O‘TM ning o‘tish jarayonlarida moment va tokning sakrab o‘zgarishini hisoblash tavsiflari bo‘lishi MQ O‘TM barcha sun’iy tavsiflarda momentning nominal qiymatiga teng qiymatda yakor cho‘l\ami normadan ortiq qizib ketmasdan ishlashini anglatadi. Mrux=Mn shart bo‘yicha tezlikning rostlanishi elektr yuritma nazariyasida momentning o‘zgarmas qiymatida tezlikni rostlash deb ataladi. Bunday tezlikni rostlash usuli rostlash diapazoni kichik bo‘lgan va shuningdek kichik tezliklarda qisqa muddatli ish rejimida ishlaydigan elektr yuritmalarda qo‘llaniladi. Download 25.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling