27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish aylanish tezligi va uni rostlash. Reja
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorini ishga tushirish, tormozlash va revers qilishda tok va momentni rostlash
Download 25.17 Kb.
|
27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish-fayllar.org (1)
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorini ishga tushirish, tormozlash va revers qilishda tok va momentni rostlashMotor toki va momentini rostlash yoki chegaralashning eng oddiy usuli yakor zanjiriga rostlanmaydigan qarshilik RK1 ni ulash bilan amalga oshiriladi. Motorning ishga tushirilishi sun’iy tavsif 1 bo‘yicha bo‘lib, bunda yakor zanjiriga RK1 qarshilik ulangan bo‘ladi va bu qarshilik ishga tushirish qar-shiligi deyiladi (27.6 – rasm). Motorni ishga tushi-rish vaqtida uning toki va momenti berilgan ruxsat etilgan qiymatlari I1=Irux, M1=Mrux bilan chegaralanadi. Tezlik oshib borgan sari uning EYuK oshib boradi, yakordagi tok esa kamayib boradi va tezlik 1 qiymatiga yetganida qarshilik RK1 yakor zanjirdan uziladi ya’ni RK1 ning uchlari o‘zaro tutashtiriladi. Motor tabiiy tavsif 2 ga o‘tib ish-lay boshlaydi, bu o‘tish vaqtida tok va momentlarning tegishli o‘zgarishlari berilgan qiymatdan oshib ketmasligi kerak – rasmdagi sxema bo‘yicha motorni dinamik tormozlaganimizda, tezlik tur qiymatiga yetganda ya’ni motorning 2 tavsifi ijrochni organning mexanik tavsifi 3 bilan kesishganda, yakor zanjiriga R+ qarshilik parallel ulanadi va motor 4 tavsif bo‘yicha ishlaydi. R+ ning qiymati elektr yuritmaning sekinlashish tempi yoki motorning kommutatsiya sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan I yoki M qiymatlari asosida hisoblanadi. MQ O‘TM ning revers yoki teskari ulash tormoz rejimlarida ishlashi yakor yoki qo‘zg‘atish cho‘lg‘am-lariga berilayotgan kuchlanishning qutblarini o‘zgar- tirib, yakor zanjiriga qo‘shimcha RK2 qarshilik ulab amalga oshiriladi va motor 5 tavsifda ishlaydi. Ba’zi hollarda motor toki va momentini rostlash uchun yakor zanjiriga o‘zgaruvchan qarshilik ulanadi, natijada ikki va undan ortiq sun’iy tavsiflar hosil qilish mumkin bo‘ladi va bu esa o‘z navbatida rostlashning aniqligini oshiradi. Bu holda qarshiliklar seksiyali tarzda yakor zanjiriga ulanadi. Qarshiliklar soni m (yoki sun’iy tavsiflar soni) yakor tokining I1=Irux va I2 oraliqdagi o‘zgari-shiga bog‘liq m=lg(I2/I1)/lg(I1RYa/U). (27.12) Ikki va undan ortiq sun’iy tavsiflar yordamida motorni ishga tushirish ishga tushirish diagrammasini qurish imkonini beradi. Ishga tushirish diagrammasini hisoblash va qurish uchun tok Irux yoki moment Mrux, yuklanish momenti MC va shuningdek tokning (momentning) o‘zgarish oralig‘i yoki sun’iy tavsiflar soni m berilgan bo‘lishi kerak. I, M va tavsiflar soni m=2 berilgan hol uchun motorning ishga tushirish diag-rammasini quramiz (3.7a - rasm). Ishga tushirish diagrammasidan tezlikni rostlash uchun ham foydalanish mumkin. Tabiiy tavsif bilan uchrashguncha koor-dinatalari (0, 0) va (0, I1) bo‘lgan a va v nuqtalarni o‘zaro birlashtirib sun’iy tavsif 3 ni quramiz. Bu sun’iy tavsif 3 yakor zanjiriga har ikkala Rk1, va Rk2 qarshiliklarning yakor chul\amiga ketma-ket ulangandagi motorning mexanik tavsifini bildiradi (3.7 b – rasm). - rasm. MQ O‘TM ni ishga tushirish diagrammasi (a) va ishga tushirish qarshiliklarini ulash (b) sxemasi Qayta ulanish toki taxminan I2=(1,1 1,2)IC bo‘lib, bu qiymatga mos absissadan vertikal o‘tkazamiz. Bu vertikalni 3 tavsif bilan kesishgan nuqtasini s bilan belgilab, shu nuqtadan absissa o‘qiga o‘tkazilgan parallel chiziq bilan v nuqtadan ya’ni absisa qidagi qisqa tutashuv toki I1=(2 2,5)IC qiymati nuqtasidan ordinata o‘qiga o‘tkazilgan parallelning kesishgan nuqtasini d bilan belgilaymiz. Ordinata o‘qida bu nuqtalarga 1 to‘\ri keladi. a va d nuqtalarni birlashtirib 2 sun’iy tavsifni quramiz. Bu tavsifning I2 vertikal bilan kesishgan nuqtasini ye bilan belgilaymiz. e nuqtadan to tabiiy tavsif 1 bilan kesishguncha gorizontal chiziq o‘tkazamiz va uning kesishgan nuqtasini f bilan belgilaymiz. c, d, e, f nuqtalarning I1 va I2 vertikallarda yotishi uchun tokning qiymatini bir necha bor tanlashga to‘g‘ri keladi. Motor 3 - tavsif bilan ishga tushiriladi. Tezlik 1 ga teng bo‘lganda yakor toki I2 gacha kamayadi, kalit K1 yopilib R+1 qarshiligining uchlari birlash-tiriladi va motor 2 - tavsifda ishlashga o‘tadi. Endi tezlik 2 ga teng bo‘lganida kalit K2 yopilib R+2 qarshiligining uchlari birlashtiriladi va motor tabiiy tavsifga o‘tib ishlay boshlaydi. Qarshiliklarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Bundan tashqari ishga tushirish, tormozlash va revers rejimlari uchun tok va momentlarning ruxsat etilgan qiymatlari berilgan bo‘lsa qarshiliklarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisoblash formulalardan foydalanish mumkin Motorni ishga tushirishdagi (27.6 – rasm, 1 – tavsif) qarshilik RQ1 hisoblash uchun E=0 ekanligini hisobga olsak, u holda RQ1=U/Irux – RYa, (27.13) bu yerda, Irux=I1 – yakor tokining maksimal ruxsat etilgan qiymati. Dinamik tormozlash qarshiligi R (27.6 – rasm, 4 – tavsif) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi RK2=E/IRUX – Rya U/IRUX – Rya . (27.14) Motorni revers yoki teskari ulab tormozlash rejimini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qarshilik RQ3 qiymatini (27.6 – rasm, 5 – tavsif) ushbu ifoda bilan hisoblanadi RQ3=(U+E)/IRUX – RYa 2U/IRUXRya. (27.15) Download 25.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling