27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish aylanish tezligi va uni rostlash. Reja
Download 487.04 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tezligini yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab rostlash
27.3 – rasm. MQ O‘TM ning elektr tarmog‘iga ulanish sxemasi (a) va tavsiflari(b) (3.4) va (3.5) tenglamalarni qisqartirilgan holda yozsak = 0 - , (27.6) bu yerda, 0 – motorning ideal salt yurish tezligi, 0 =U/(kF), (27.7) - ideal salt yurish tezligiga nisbatan tezlik-ning o‘zgarishi, = IR/(kF) = MR/(kF) 2 . (27.8) (27.4) va (27.5) tenglamalarda U=0 uchun hosil qilingan MQ O‘TM ning tavsifi 27.3 b – rasmda keltirilib = - IR(kF) , (27.9) = - MR/(KF) 2 , (27.10) (I) va (M) tavsifalar U = 0 uchun ham chiziqlidir. MQ O‘TM ni dinamik tormozlanish rejimida ishla-shi uchun 27.4 – rasmdagi sxemani yig‘ish lozim. Motor dinamik tormozlanish rejimida avtonom generator sifatida R Q qarshilikka ishlaydi. 27.4 - rasm. MQ O‘TM ning dinamik tormozlanish sxemasi (27.4) va (27.5) tenglamalar asosida MQ O‘TM ning sun’iy tavsiflarini yakor va magnit oqimi zanjirlariga qo‘shimcha aktiv qarshiliklar ulab va yakor zanjiriga berilayotgan kuchlanish U ni o‘zgartirish natijasida ham olish mumkin. Bu tenglamalardagi tok va moment motorning mexanik yuklanishi M S orqaligina aniqlanadi va bu kattaliklar ixtiyoriy olinmaydi. Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tezligini yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab rostlash Bunday usul tezlikni rostlashning sifat ko‘rsatkichlariga uncha yuqori bo‘lmagan talablar qo‘yilgan energetik ko‘rsatkichlari asosiy rol o‘ynamagan hollarda qo‘llaniladi. Bu usulni amalga oshirish oson hamdir (27.3 a – rasm). (27.7) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, 0 ning qiymati R Q ga bog‘liq emas. Tavsifning nishabligi (27.8) bo‘yicha R Q ga to‘g‘ri proporsionaldir. 27.5 – rasmda MQ O‘TM ning yakor zanjiriga R Q1 < R Q2 < R Q3 qarshiliklari ulash natijasida hosil qilingan mexanik (elektromexanik) tavsiflar keltirilgan. Tezlikni rostlash diapozoni D = (2-3):1 dan oshmaydi. Sababi tezlik oshgan sari mexanik tavsifning bikrligi kamayib boradi. Tezlik tabiiy mexanik tavsifdan pastga qarab rostlanadi. Bunday usulda tezlikni rostlash tezlikni pog‘onali rostlash usuliga kiradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, qo‘shimcha qarshiliklarga sarf bo‘ladigan xarajatlar uncha ko‘p bo‘lmagan holda elektr energiya isrofi sezirarli darajada ko‘p bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Quvvat isrofi P ni tarmoqdan olinayotgan P 1 =UI va valdagi foydali mexanik quvvat P 2 =M lar ayirmasidan aniqlaymiz P=UI - M = kF 0 I - kFI = F 0 I( 0 - )/ 0 =P 1 S (27.11) bu yerda, 0 0 0 / / ) ( - tezlikning nisbiy o‘zgarishi. (27.11) dan ko‘rinib turibdiki, agar = 0,5 bo‘lsa, u holda D = 2: 1 bo‘lib, P 1 ning deyarli yarmi motorning quvvat isrofini tashkil etadi, bu esa FIK ning 50% dan oshmasligini anglatadi va rostlash diapazoni oshgan sari FIK ning proporsional kamayib borishini ko‘rsatadi. Motorning sun’iy tavsiflarida ruxsat etilgan, ya’ni motorning qizishi ko‘rsatilgan qiymatidan oshmaydigan qiymatida ishlashini ta’minlovchi moment qiymatini aniqlaymiz. Bu usulda tezlikni rostlaganimizda magnit oqimi nominal qiymatiga teng bo‘lib, o‘zgarmasligini hisobga olsak, u holda M rux =kF H I H =M H , (27.12) 27.5– rasm. Yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab tezligi rostlanadigan MQ O‘TM ning mexanik(elektromexanik) va rostlanuvchi qarshiliklarini hisoblash tavsiflari 48 27.6 – rasm. MQ O‘TM ning o‘tish jarayonlarida moment va tokning sakrab o‘zgarishini hisoblash tavsiflari bo‘lishi MQ O‘TM barcha sun’iy tavsiflarda momentning nominal qiymatiga teng qiymatda yakor cho‘l\ami normadan ortiq qizib ketmasdan ishlashini anglatadi. M rux =M n shart bo‘yicha tezlikning rostlanishi elektr yuritma nazariyasida momentning o‘zgarmas qiymatida tezlikni rostlash deb ataladi. Bunday tezlikni rostlash usuli rostlash diapazoni kichik bo‘lgan va shuningdek kichik tezliklarda qisqa muddatli ish rejimida ishlaydigan elektr yuritmalarda qo‘llaniladi. Download 487.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling