27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish aylanish tezligi va uni rostlash. Reja
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorini ishga tushirish
Download 487.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorini ishga tushirish,
tormozlash va revers qilishda tok va momentni rostlash Motor toki va momentini rostlash yoki chegaralashning eng oddiy usuli yakor zanjiriga rostlanmaydigan qarshilik R K1 ni ulash bilan amalga oshiriladi. Motorning ishga tushirilishi sun’iy tavsif 1 bo‘yicha bo‘lib, bunda yakor zanjiriga R K1 qarshilik ulangan bo‘ladi va bu qarshilik ishga tushirish qar-shiligi deyiladi (27.6 – rasm). Motorni ishga tushi-rish vaqtida uning toki va momenti berilgan ruxsat etilgan qiymatlari I 1 =I rux , M 1 =M rux bilan chegaralanadi. Tezlik oshib borgan sari uning EYuK oshib boradi, yakordagi tok esa kamayib boradi va tezlik 1 qiymatiga yetganida qarshilik R K1 yakor zanjirdan uziladi ya’ni R K1 ning uchlari o‘zaro tutashtiriladi. Motor tabiiy tavsif 2 ga o‘tib ish-lay boshlaydi, bu o‘tish vaqtida tok va momentlarning tegishli o‘zgarishlari berilgan qiymatdan oshib ketmasligi kerak 27.7 – rasmdagi sxema bo‘yicha motorni dinamik tormozlaganimizda, tezlik tur qiymatiga yetganda ya’ni motorning 2 tavsifi ijrochni organning mexanik tavsifi 3 bilan kesishganda, yakor zanjiriga R + qarshilik parallel ulanadi va motor 4 tavsif bo‘yicha ishlaydi. R + ning qiymati elektr yuritmaning sekinlashish tempi yoki motorning kommutatsiya sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan I yoki M qiymatlari asosida hisoblanadi. MQ O‘TM ning revers yoki teskari ulash tormoz rejimlarida ishlashi yakor yoki qo‘zg‘atish cho‘lg‘am-lariga berilayotgan kuchlanishning qutblarini o‘zgar- tirib, yakor zanjiriga qo‘shimcha R K2 qarshilik ulab amalga oshiriladi va motor 5 tavsifda ishlaydi. Ba’zi hollarda motor toki va momentini rostlash uchun yakor zanjiriga o‘zgaruvchan qarshilik ulanadi, natijada ikki va undan ortiq sun’iy tavsiflar hosil qilish mumkin bo‘ladi va bu esa o‘z navbatida rostlashning aniqligini oshiradi. Bu holda qarshiliklar seksiyali tarzda yakor zanjiriga ulanadi. Qarshiliklar soni m (yoki sun’iy tavsiflar soni) yakor tokining I 1 =I rux va I 2 oraliqdagi o‘zgari-shiga bog‘liq m=lg(I 2 /I 1 )/lg(I 1 R Ya /U). (27.12) Ikki va undan ortiq sun’iy tavsiflar yordamida motorni ishga tushirish ishga tushirish diagrammasini qurish imkonini beradi. Ishga tushirish diagrammasini hisoblash va qurish uchun tok I rux yoki moment M rux , yuklanish momenti M C va shuningdek tokning (momentning) o‘zgarish oralig‘i yoki sun’iy tavsiflar soni m berilgan bo‘lishi kerak. I, M va tavsiflar soni m=2 berilgan hol uchun motorning ishga tushirish diag-rammasini quramiz (3.7a - rasm). Ishga tushirish diagrammasidan tezlikni rostlash uchun ham foydalanish mumkin. Tabiiy tavsif bilan uchrashguncha koor-dinatalari ( 0 , 0) va (0, I 1 ) bo‘lgan a va v nuqtalarni o‘zaro birlashtirib sun’iy tavsif 3 ni quramiz. Bu sun’iy tavsif 3 yakor zanjiriga har ikkala R k1 , va R k2 qarshiliklarning yakor chul\amiga ketma-ket ulangandagi motorning mexanik tavsifini bildiradi (3.7 b – rasm). Download 487.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling