27-мавзу. Жаҳон бозори. Халқаро валюта ва кредит муносабатлари
Download 16.42 Kb.
|
27nazariya
Xalqaro savdo - bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar majmuidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport - mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir. Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq.Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgaradi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko‘rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqamhidagi eksport bo‘yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Kt=Et/Ej, bu yerda: Et - mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig‘indisi)ning solishtirma salmoģi) ,Ej - jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog‘i.Agar nisbat birdan katta bo‘Isa, bu tarmoq yoki tovami xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha. Eksport bo‘yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi Ke=E /YaIM , bu yerda: E - eksport qiymati. Import eksportdan farq qilib chet ellik ishlab chiqaruvchilardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlardan yuqori bo‘lgan tovarlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi. 3.To ‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo ‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o ‘rtasida ma’lum vaqt (odatda biryil) oraliģda amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi,ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi.Kredit - qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‘lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovchi to‘lovlar ekvivalentini oladi. Debet - qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‘lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarning sarflavdi. To‘lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi zarur.To‘lov balansidagi barcha bitimlar o‘z ichiga joriy va kapital bilan operatsiyalami olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1) joriy operatsiyalar hisobi; 2) kapital harakati hisobi; 3) rasmiy zaxiralaming o‘zgarishi. Mamlakatning tashqi savdo balansi (to‘lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi.Joriy operatsiyalar hisobi tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlami o‘z ichiga oladi. Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi muvozanat (tenglik) savdo balansini tashkil qiladi. 4.Pulting jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan boģliq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta- bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi: - milliy pul birligi; - valyuta kursi tartibi; - valyutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari; - valyuta bozori va oltin bozori tizimi; - mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi; - mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi; - mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei. Xalqaro valyuta tizimi - xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli. Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi: - asosiy xalqaro to'lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari - SDR, Yevro); - valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi; - xalqaro to ‘ lovlarini balanslashtirish tartibi; - valyutaning muomala qilish shart-sharoiti; - xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi; - valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. 5.Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi j arayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB),Iqtisodiy hanlkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilami kiritish mumkin. Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.1970-yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zaxira vositalari - qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko‘rinishida bo‘lmay, faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko‘rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o‘rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi.Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalami, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti-harakatlaming boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlaming o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSH tijorat banklari guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin-valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990-yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalami moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir. Download 16.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling