27-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari


Namunalar  Ariza. Tarjimayi hol. Tushuntirish xati


Download 360.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi360.4 Kb.
#1485776
1   2   3   4
Bog'liq
27 мавзу

Namunalar 
Ariza. Tarjimayi hol. Tushuntirish xati 


 
Quyida berilgan ariza namunalariga e`tibor bering, zaruriy qismlar joylashishini yodda 
saqlang. 

Toshkent davlat 
yuridik kolleji 

 
direktori
U.B. Dolimovga 
I kurs talabasi Qahramon 

 
 
 
 
Dadajonovdan 
Ariza 
Boshqa viloyatdan kelganligimni e`tiborga olib, menga talabalar uyidan joy berishingizni 
so„rayman. 
2008-yil 25-sentabr
(imzo) 
Q. Dadajonov 
***************************************** 
Toshkent shahar Mirzo Ulug„bek tumanidagi 64-o„rta maktab direktori 
H.M.Hayitboyevaga
9-sinf o„quvchisi Laziza Usmonovadan 
Ariza 
Ota-onam bilan birga Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganimiz 
sababli, meni Siz rahbarlik qilayotgan maktabning 9-sinfiga qabul qilishingizni so‘rayman. 
2008-yil 17-oktabr (imzo) 
L.Usmonova 
Topshiriq 
1. Qaysi hollarda ariza yozishga zarurat tug„iladi? 
2. Arizani to„g„ri yozish uchun qanday zaruriy qismlar bo„lishi lozim? 
3. Quyidagi ariza namunalarini ko„chiring va ajratilgan so„z va so„z birikmalarini esda 
saqlang. 
 
2
-mashq. Quyidagi so„z va so„z birikmalarini daftaringizga yozing. Ularning 
ma`nolarini bilib oling. 
Ariza, ariza beruvchi, taklif, iltimos, shikoyat, ilova, ilova qilindi, zaruriy qismlar
so‘rayman, iltimos qilaman, ta`til, munosabati bilan. 
 
3
-mashq. Ariza yozishda foydalaniladigan quyidagi qoliplashgan birikmalarni esda 
tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing. 
… qabul qilishingizni so‘rayman, … ta`minlashingizni so‘rayman, … ozod etishingizni 
so‘rayman, … ruxsat berishingizni so‘rayman, … iqtisod fakultetiga o‘tkazishingizni so‘rayman. 

Download 360.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling