279-modda. Bo‘ysunmaslik


Download 35.04 Kb.
bet4/7
Sana22.07.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1661784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЖПК

288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha qilmish ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
(288-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(290-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
291-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(291-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmish:
a) badanga og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) odam o‘lishiga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling