279-modda. Bo‘ysunmaslik


Download 35.04 Kb.
bet1/7
Sana22.07.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1661784
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЖПК


279-modda. Bo‘ysunmaslik
Bo‘ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
280-modda. Buyruqni bajarmaslik
Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
281-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish
Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
282-modda. Boshliqni qo‘rqitish
Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling