“President Tech Award” tanlovi uchun
OMMAVIY OFERTA
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2023-yil
15-fevraldagi 66-son qaroriga asosan “President Tech Award” tanlovi uchun
ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda - oferta) President Tech Award tanlovini
(keyingi o‘rinlarda - tanlov) tashkil etish va o‘tkazish shartlari va tartibini
belgilaydi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan tanlov,
Tashkiliy qo‘mita va Ishchi organning bir guruh shaxslar tomonidan qabul qilingan
(aksept) taqdirda ushbu Oferta shartlari boʻyicha Tanlovda ishtirok etish
imkoniyatini taʼminlash uchun bir guruh shaxslar nomiga yoʻnaltirilgan Ommaviy
ofertadir.
1. ASOSIY ATAMALAR VA TA’RIFLAR
1.1. Ushbu Oferta maqsadlari uchun quyidagi atamalar va ta‘riflar
qo‘llaniladi:
Ariza – rasmiy Portalda elektron ro‘yxatga olish shaklini to‘ldirish va
topshirishda Jamoa tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar/materiallar.
Jamoa – tanlovda ishtirok etish uchun maxsus portalda ro‘yxatdan o‘tgan
guruh;
Jamoa mas’ul vakili – jamoa nomidan yagona qaror qabul qiladigan va
jamoaning fikr va g‘oyalarini ifodalovchi shaxs;
Loyiha – ushbu oferta talablariga muvofiq ishtirokchi jamoalar tomonidan
ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot;
Maxsus portal – (keyingi o‘rinlarda - Portal) - tanlov ishtirokchilarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, tanlov talablari va muddatlari haqida hamda tanlov bilan
bog‘liq boshqa ma’lumotlar joylashtiriladigan “awards.gov.uz” veb-sayti.
Arizachi – tanlovning asosiy yoki maxsus yo‘nalishlarida ishtirok etish
istagini bildirgan hamda maxsus portal orqali elektron shaklda ariza topshirgan
shaxs.
Tashkiliy qo‘mita – tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita, tashkiliy
qo‘mita tarkibi 2023-yil 15-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarorining
2-ilovasida ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |