27sv-20ee guruh talabasi Shadiyev Odilning Raqamli energetika fanidan Mustaqil ish Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: ­­­­­­­­Abdullayev Sh


Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi


Download 99.26 Kb.
bet2/3
Sana22.03.2023
Hajmi99.26 Kb.
#1286317
1   2   3
Bog'liq
jjkjg - odil

Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi
ENHAT ni yaratish va uning ishlatilishining mazmuni boshlang’ich minimal pul sarflarida korxona mablag’lari va energiya resurslarini doimiy tejashdan iborat. ENHAT ni ishlatilishidan iqtisodiy samaraning qiymatlari korxonalar bo’yicha energiya resurslarining yillik istemolidan o’rtacha 15-30 % larga etmoqda, ENHAT ni yaratishga harajatlarni o’zini oqlashi 2-3 kvartalda amalga oshmoqda.
Bugungi kunda korxonaning ENHAT tizimi shunday zarur mexanizm hisoblanadiki, ularsiz energiya resurslarini yetkazib beruvchilarga energiya resurslariga madaniyatli hisoblashish muammolarini echish, energiya tashuvchilarni uzluksiz tejash va korxona mahsuloti tannarxida energiya harajatlarining ulushini kamaytirish mumkin emas. Korxonaning energiya istemoli darajasi ikki asosiy va tashkiliy-texnik tashkil etuvchilardan qo’shiladi. Asosiy tashkil etuvchi o’rnatilgan texnik qurilmalar energiya sig’imi orqali aniqlanadi. Tashkiliy-texnik tashkil etuvchi (TTTE) esa korxona xodimi tomonidan ishlab chiqarish va shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib beriladigan qurilmalarni ishlatish rejimlari orqali aniqlanadi. Energiya istemolining birinchi (asosiy) tashkil etuvchisi eskirgan ko’p energiya sig’imli qurilmalarni va texnologik jarayonlarni zamonaviy va kam energiya sig’imililariga almashtirilishini talab qiladi. Bu ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yirik investitsiyalarni jalb etilishiga bog’liq, bu bizning iqtisodimizda muammoli. Shuning uchun yirik pul sarflarini talab qilmaydigan va ishlatilishida tez amaliy samaralarni beradigan korxona energiya istemoli darajasida TTTE ni minimallashtirish imkoniyatiga etiborni qaratish zarur. Bu tashkil etuvchini minimallashtirishning dolzarbligi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish natijasida asosiy energiya istemolini qisqartirilganidan keyin ham saqlanadi.



Bazaviy tashkil etuvchilar

Tashkiliy-texnik tashkil etuvchilar

Qo’shimcha tashkil etuvchilar

Zaruriy tashkil etuvchilar

Texnologik tashkil etuvchilar

Rejim-tarifli tashkil etuvchilar

Tarifli tashkil etuvchilar

Shartnomaviy tashkil etuvchilar



2-rasm. Korxona energiya istemolining tashkil etuvchilari

Korxona energiya istemoli TTTE darajasi quyidagi oltita asosiy qismlardan tashkil topgan.


1) Shartnomali, qimmatga ega b’lmagan tashkil etuvchi energiya resurslariga yetkazib beruvchilar bilan energiya istemolining haqiqiy qiymatlari bo'yicha emas, sezilarli oshirilgan shartnoma qiymatlari bo’yicha hisoblashishga bog'langan, bu istemolchiga moliyaviy zararlarni keltiradi. Bu yo’qotishlar tashkil etuvchisi tijorat hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda minimumga (hatto nolga) olib kelinadi;
2) Tarifli tashkil etuvchi energiya resurslariga yetkazib beruvchilar bilan energiya istemolining haqiqiy qiymatlari bo’yicha, lekin istemolchi uchun eng foydali bo’lmagan tarif bo’yicha emas (bu tarifni ishlatishga qodir hisobga olishning bo’lmasligi tufayli) hisoblashishlar bilan bog’langan. Bu yo’qotishlar tashkil etuvchisi istalgan amaldagi va istiqbolli tariflarni kuzatib borishga qodir bo’lgan tijorat hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda nolga olib kelinadi;
3) Rejimli-tarifli tashkil etuvchi, o’sha bir tarif doirasida tarifli to'lovlarni minimallashtirish maqsadida sutkaning berilgan zonalarida (maksimumli zonalarda) energiya istemoli vaqti va qiymati bo’yicha qurilmalar ish rejimlarini o’zgartirish imkoniyati bilan bog’langan. Bu yo’qotishlar tashkil etuvchisi yuklama tarkibini taxmin qilish va tahlil qilishli tijorat va texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda minimumga olib kelinadi;
4) Texnologik tashkil etuvchi, texnologik siklning buzilishi va qurilmalardan samarasiz foydalanish bilan bog’langan. Bu yo’qotishlar tashkil etuvchisi chuqur texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda (sexlar, bo’limlar va yirik energetik qurilmalar darajasigacha), shuningdek, korxona bo limlari orasida energiya resurslari bo’yicha ho’jalik hisobi yuritilishi yoki korxona bo’limlari energiya resurslariga meyorlar bilan minimumga olib kelinadi;
5) Shaxsiy tashkil etuvchilar, shaxsiy maqsadlarda xodim tomonidan ishlab chiqarish qurilmalarida foydalanish bilan bog’langan. Bu yo’qotishlar tashkil etuvchisi mahsulot birligini chiqarishga real solishtirma me yorlarni hisoblashli chuqur texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda minimumga olib kelinadi;
6) Egasiz tashkil etuvchi, ish joylaridagi turli xil energiya yo’qotishlarga xodimlarning befarqligi, manfaatdor emasligi bilan bog’langan. Bu yo’qotishlar tashkil etuvchisi korxona bo’limlari orasida energiya resurslari bo’yicha ho’jalik hisobi yuritilishi yoki korxona bo’limlari energiya resurslariga meyorlar bilan texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda, ENHAT ning ko’rsatishlari bo'yicha energiya resurslarini tejashga xodimlarni moddiy rag’batlantirishda (mukofotlashda) minimumga olib kelinadi. Turli ishlab chiqarish korxonalarida ko’rsatilgan energiya yo’qotishlari tashkil etuvchilari TTTE doirasida turli solishtirma salmoqlarga ega, lekin umuman olganda korxona umumiy energiya istemolidan 15-30 va undan ortiq foizlarga etishi mumkin. Bu tashkil etuvchilarni hisobga olish, nazorat qilish va minimallashtirish faqat energiyani hisobga olishni avtomatlashtirishda bo’lishi mumkin va korxonada va uning obektlarida ENHAT ni yaratishning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi.


Download 99.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling