27sv-20ee guruh talabasi Shadiyev Odilning Raqamli energetika fanidan Mustaqil ish Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: Abdullayev Sh
Download 99.26 Kb.
|
jjkjg - odil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: Abdullayev Sh.
- Interfeys o’zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energomexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi 27SV-20EE guruh talabasi Shadiyev Odilning Raqamli energetika fanidan Mustaqil ish Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: Abdullayev Sh. Mavzu: Interfeys o’zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish Reja: 1. Interfeys o’zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish 2. Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi 3. Sanoat korxonalarida ENHATni qurishning vazifalari 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar Interfeys o’zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga “tokli halqa” interfeysi (masalan, MPR-16 turdagi) bo’yicha yoki malumotlarni yig’ish va tayyorlash qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli taqsimlash qurilmalarida joylashishi mumkin va so’rov natijalari faylini shakllantiradigan ko’chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir oy davomida bir yoki bir necha martta so’rov o’tkazilishi mumkin (1-rasm). Hisoblagichlar va MYTQ orasida doimiy aloqa yo’q. MYTQ kommunikatsion server rolini bajaradi. Malumotlarni yig’ish markazi kompyuteri so’rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy malumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan taminlangan bo’lishi lozim. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko’chma kompyuter vaqti bilan so’rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko’chma kompyuter vaqti malumotlarni yig’ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so’roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Bu variantda malumotlarni yig’ish markazi uchun ajratilgan kompyuter bo’lmasligi mumkin, uning rolini ko’chma kompyuter bajarishi mumkin. Ko’chma kompyuterdan interfeys o’zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi: istemol parametrlarini aniq o’lchash; korxona va uning obyektlari bo’yicha energiya resurslarini tijorat va texnik hisobga olish; berilgan limitlarga va quvvatni texnologik cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va obektlari bo’yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish; elektr energiyani hisobga olish bo’yicha malumotlarga ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish; malumotlarning to’liqligini diagnostika qilish; obektlarning elektr bog’lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifi; hisoblagichlarni diagnostika qilish; yagona tizim vaqtini ushlab turish. 1-rasm. Interfeys o’zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so’rov o’tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish Download 99.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling