Ma'lumotlarni yig'ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so'rov o'tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish. O'rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika tizimi uchun ko'p pog'onali ENHATni tashkil etish. Bir turga mansub tizimlar.
Reja:
Ma'lumotlarni yig'ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so'rov o'tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish.
O'rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika tizimi uchun ko'p pog'onali ENHATni tashkil etish.
Bir turga mansub tizimlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ma'lumotlarni yig'ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so'rov o'tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish.
Hisoblagichlarda ma‟lumotlarni yig„ish kanali bilan to„g„ri aloqa kanallari orqali doimiy bog„langan va berilgan so„rov jadvaliga muvofiq so„rov o„tkaziladi (1-rasm). Hisoblagichlardan birlamchi axborotlar MO ga yoziladi. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ma‟lumotlarni yig„ish markazi kompyuteri vaqti bilan so„rov jarayonida amalga oshadi. Ma‟lumotlarni yig„ish markazi kompyuteri sifatida lokal tarmoq ishlatiladi.
Unda ma‟lumotlarga ishlov berish va MO ga kiritish amalga oshadi. Foydalanuvchilar soni, hisoblagichlar va ularning profillari intervallarining soni, foydalanuvchilar malakalari, matematik ishlov berish va boshqalarga bog„liq ravishda lokal MO MS Access yoki ORACLE8.X MOBT da ishlashi mumkin. Ma‟lumotlarni yig„ish va ishlov berish loqal markazi orqali hisoblagichlarni avtomatik so„rovni o„tkazilishi bilan elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
• uzatish/iste‟mol parametrlarini aniq o„lchash:
• korxona, uning infratuzilma elementlari (qozonxona va maishiy obyektlar, sexlar, bo„linmalar, subabonentlar) bo„yicha energiya resurslarini kompleks avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olish;
• elektr energiyasini hisobga olish va elektr energiyasining sifat ko„rsatkichlarini nazorat qilish bo„yicha ma‟lumotlarga ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;
• energiyadan foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun energiya resurslari iste‟moli nazorat qilinadigan parametrlarining og„ishlarini qayd etish, ularni absolyut va nisbiy birliklarda baholash;
• nazorat qilinadigan kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oralig„idan og„ishlari haqida xabar berish (rang, tovush bilan);
• ma‟lumotlarning to„liqligini tahlil qilish;
• tizimni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |