28 Ajratgichlar, ayiruvchilar, qisqa tutashgichlar
Download 380.15 Kb.
|
28 Ajratgichlar
28 Ajratgichlar, ayiruvchilar, qisqa tutashgichlar. Quyida ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlar tuzilishlari keltirilgan. Rasm 3.1 Ichkari o‘rnatiluvchi RLVO turidagi bir qutbli ajratgichlar Ichkari o‘rnatiluvchi RLVO turidagi bir qutbli ajratgichlar (liniya ajratgichi, ichkarida o‘rnatiluvchi, bir qutbli) kuchlanishi 10 kV va toki 600-2000 A bo‘lgan, qo‘lda uzatish uchun dastakli PR-2 turdagi yuritma tayyorlanadi. RLVO turdagi ajratgich (3,1 a rasm) uch qutbli ajratgichning bir fazasini tashkil etib, mustaqil rama 3 da ijro etilgan, unda tayanch izolyator 4 harakatlanmas 5 va harakatlanuvchi 6 kontaktlar mahkamlangan. Kontaktlar, o‘q 1 va dastak 2 orqali, izolyasiyalangan tortgich 7 yordamida harakatga keltiriladi. Sanoatda toki 3000-6000 A bo‘lgan RVK turidagi ajratgichlar ishlab chiqariladi (ichkari o‘rnatiluvchi pichog‘i korobkasimon kesimli ajratgich). Uning tuzilishi (3,1 b rasm) rama 1da OMD-10 turidagi izolyator 10 o‘rnatilgan bo‘lib, harakatlanmas 8 va harakatlanuvchi 6 kontaktlarda cho‘yandan ishlangan kontakt ushlagichlar 9 va qisqa tutashuvda mexanik chidamlikligini oshirish uchun po‘lat tasma 5 o‘rnatilgan, suriluvchi kontaktni o‘q 2 bilan tutashtiruvchi chinni tortgich 7, kontakt prujina 4 va suriluvi kontakt o‘qi joylashtirilgan. Uch qutbli ajratgichni tashqil qilish uchun har bir qutb o‘qlari o‘zaro mufta orqali birlashtiriladi. Uch va bir qutbli ajratgichlarni bitta yoki ikkita ko‘chmas erlanish pichoqlari bilan maxsus jag‘larga birlashuvchi, harakatlanmas va harakatlanuvchi kontaktlar bilan tayyorlanadi. Erlanish pichoqlarini qo‘llash tezkor va ta’mirlovchi xodimlarning xavfsizlik darajasini oshiradi, ayrim xollarda esa, ko‘chma erlanish vositalaridan voz kechishga imkoniyat beradi. RNDZ-2 turdagi, kuchlanishi 35 kV va toki 630 A RPN-220 m turdagi yuritmali ajratgich (yuritma qo‘lda ishlatiluvchi, tashqarida o‘rnatiladigan, seriyasi- 220, modernizatsiyalashgan) rasm 3,2 da tasvirlangan. Rama 1 ning podshipniklarida, shvellerli po‘latdan ishlangan, tayanch o‘zakli ONS-35 turdagi izolyatorlar 4 va 11 o‘rnatilgan. Izolyatorlar flanslariga 12 chi dastak payvandlanib 18 tortgich bilan birlashtirilgan.Rasm 3.3 Qiska tutashtiruvchi (a), yuritmani kinematik sxemasi (b) va sxemadagi shartli belgisi (v) Qisqatutashgichlar 35, 110 va 220 kV kuchlanish tarmog‘ida transformator ichidagi nosozliklarda, tarmoqqa o‘chirgichlarsiz ulanganda, sun’iy qisqa tutashish sodir qilish uchun mo‘ljallangan. Ular bir qutblik ko‘rinishda ishlab chiqariladi. KZ-110 turdagi qisqatutashgich payvandlangan rama 4′ (rasm 3.3 a) da uchta ONSH-35 turdagi izolyatordan tashkil topgan 3′ kolonkada o‘rnatilgan. Rama 4' izolyator 5' da o‘rnatilgan. Kolonkada harakatlanmas kontakt 1', ekranlangan halqa 2', bilan mahkamlangan . qisqa tutashgichning 14' pichog‘i yuqorisida mis kontakt bilan tugallanuvchi po‘lat trubadan yasalgan. Rama va pichoq egiluvchan elektr ulovchi 8' bilan birlashtirilgan. Pichoq asosi ikkita podshipnikda aylanuvchi o‘q bilan mahkamlangan. O‘q bilan ikki elkali dastak 9', bir elkasi bilan tortgich 11', qisqa tutashgichning 12' chi SHPK turdagi yuritmaning 13' chi o‘qiga, vinilplastlik trubkadan yasalgan, izolyasiyalangan qo‘shimcha 10' orqali boruvchi, boshqa elkasi bilan - 4' ramada joylashgan, ulovchi prujinali mexanizm bilan birlashtirilgan. Me’yorl ishlash tartibida qisqa tutashgichning pichog‘i o‘chirilgan, yuritma mexanizmini ulovchi prujina esa tarang tortilgan. KZ-110 turidagi qisqa tutashgichlarni o‘chirish xolatiga keltirish qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Qisqa tutashgich pichog‘ini erlanish bilan birlashtiruvchi shina 7', TSHL-0,5 turidagi mahsus tokli transformator 6 dan o‘tkazilgan. Rasm 3.4 Ajratgich Kuchlanishlar 35, 110 va 220 kV bo‘lgan tez harakatlanuvchi ajratgichlar, RLND va RND turlari yuqoridagi kuchlanishlarga muvofiq asosda tayyorlanadi. Ular kuchli transformatorlarni salt tartibida, magnitlanish tok qiymati 2 chi jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmaganda yoki kuchlanish o‘chirilganda, o‘chirish uchun mo‘ljallangan. OD-110 turdagi ajratgich rama 7' (rasm 3.4), harakatlanuvchi pichoqlari 1' va 3' da ONS-110 turidagi podshipniklar 6' da mahkamlangan izolyatorlari 4' dan tashkil topgan. Pichoq 1' da mis kontaktli lamellar 2' mahkamlangan. Ajratgichlarni bir tomonlama harakatlanuvchi yuritmalar SHPO bilan ta’minlanadi (faqat ajratgichni o‘chirish uchun) yoki ikki tomonlama harakatlanuvchi (ajratgichlarni yoqish va o‘chirish uchun). Ajratgichlar, ayiruvchilar, qisqa tutashgichlarni xolatini ko‘rikdan o‘tkazishda: - izolyatorlarni; - kontaktlarni; - yuritmalarni; - ushlab turuvchi tuzilmalarni; - erlanishlarni but va sozligi tekshiriladi. Ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarni texnik xolati bo‘yicha ta’mirlash buzilishlar aniqlanganda amalga oshiriladi. - Ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar - ishqalanuvchi qismlarni tozalash va moylash; - nosozlik va defektlarni bartaraf etish; - yuritmani elektr isitishini tekshirish; - ikkilamchi zanjirlarni izolyasiyasi, o‘chirish va yoqish g‘altaklarini qarshiligini o‘lchash. Ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarni ta’mirlar aro sinovlarida, ko‘p elementli izolyatorlarning nazorati, o‘lchovchi shtanga yoki boshqa diagnostik vositalar yordamida bajariladi. Ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarning mukammal ta’mirida: - ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlar hamda ularning yuritmalarini barcha tugunlarini butunlay echib tashlash; - eski moylardan tozalanib, barcha detal va tugunlarni yuviladi; - izolyatorlar ko‘rikdan o‘tkazish, armaturaning sement choklarini tiklash; - ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarni hamda ularning yuritmalari ishqalanuvchi yuzalarini moylash; - uch qutblik ajratgich va ayirgichlarni bir vaqtda ulanishi rostlash ishlari o‘tkaziladi. Ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarni mukammal ta’mirlashda quyidagi sinovlardan o‘tkaziladi: 1) izolyasiya qarshiligini o‘lchash: - organik materiallardan qilingan jilov va tortgichlarni; - ko‘p elementli izolyatorlarni; - ikkilamchi zanjirlarni, yoquvchi va o‘chiruvchi g‘altaklar cho‘lg‘amlarini; 2) sanoat chastotali yuqori kuchlanish bilan sinovdan o‘tkazish: - ajratgichlar, ayiruvchilar va qisqa tutashgichlarning izolyasiyalarini; - ikkilamchi zanjirlarni, yoquvchi va o‘chiruvchi g‘altaklar cho‘lg‘amlarini; 3) ko‘p elementli izolyatorlarni shtanga yoki boshqa diagnostik vositalar yordamida nazorat qilish; 4) o‘zgarmas tokda qarshiligini o‘lchash: - kontaktlarni; - yoqish va o‘chirish g‘altaklarini cho‘lg‘amlarini; 5) ajratgich va ayirgichlarning harakatlanmas kontaktidan pichoqning tortish kuchini o‘lchash; 6) elektr yoki qo‘l kuchi bilan harakatga keltiriluvchi yuritmali ajratgich, qisqa tutashgich yoki ayirgichning ishini tekshirish; 7) qisqa tutashgich va ayirgichlarning harakatlanuvchi qismlarini harakat vaqtini aniqlash. O‘zgarmas tok bo‘yicha qarshilikni o‘lchash ajratgich va ayirgichlarda kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lganda, hamda 600 A va kuchlanishi undan yuqori bo‘lgan barcha ajratgichlarda ham o‘tkaziladi. Qarshilik dastlabki ma’lumotlari yoki “Elektr qurilma iste’molchilarining texnik foydalanish qoidalari” 1.1 izohning 24 jadvalida keltirilgan qiymatlarning 150% dan yuqori bo‘lmasligi lozim. YOquvchi va o‘chiruvchi g‘altaklarning cho‘lg‘am qarshiliklari zavod tomonidan berilgan ma’lumotlarga mos bo‘lishi kerak. Harakatlanmaydigan kontaktdan pichoqni chiqarib olish kuchi, ajratgich yoki ayirgichlarda, “Elektr qurilma iste’molchilarining texnik foydalanish qoidalari” da keltirilgan ishlash tokining 90% dan ko‘p bo‘lmagan nominal qiymatiga mos bo‘lganda o‘tkazish lozim. Elektr yuritma o‘rnatilgan ajratgich, ayirgich va qisqa tutashgichlarni ishini tekshirish, operativ tokning me’yorl kuchlanishida 3-5 marotaba o‘chirib-yoqish bilan o‘tkaziladi. Ajratgich, ayirgichlar yuritmasi o‘chirish g‘altaklarining va qisqa tutashgichning yoqish g‘altagini minimal ishlash kuchlanishi nominaldan 35% dan kam bo‘lmasligi, ularning puxta ishlash kuchlanishi esa - 65% dan kam bo‘lmasligi lozim. Qisqa tutashgichlarning harakatlanuvchi qismlari harakat vaqti- yoqilishida, ayrgichlarni harakat vaqti esa- o‘chirishda aniqlanadi. Harakatlanuvchi qismlar harakat vaqti “Elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” dagi 26 jadvalning 1.1 ilovasida keltirilgan qiymatlardan ± 10% dan ko‘p bo‘lmagan farq qilmasligi lozim. Tayanch – sterjen shaklidagi izolyatorlarda elektr sinovlar o‘tkazish shart emas. Masofadan boshqaruvchi motorli yuritmali ajratgichlar. - yuritmaning tashqi va ichki xolati; - yuritmaning qismlar va sharnirli tortgich birlashmalarining puxtaligi; - klemmnik qisqichlarida kontaktlarning vintlarni tortish bilan (zarurat bo‘lganda) xolati; - kirishdagi kabelning xolati; - ajratgichning boshqaruv shitidagi (pultda) nazorat signallashtirish muvofiqligi; - o‘zgarmas tokda elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkalarida erlanishning, yuritma va tayanch oralig‘idagi izolyasiyali qistirmani borligi va xolati; - yuritmada dispetcherlik belgilar yozmalarning mavjudligi; Ko‘rikda motorli yuritmani boshqarish pultida: - tugmalar, o‘zgartgichlarning xolati; - signallashtirish borligi va ajratgich xolatiga mosligi; - razryadlanuvchining xolati; - izolyasiyalovchi transformatorning xolati tekshiriladi. Download 380.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling