28-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Internet xizmatlaridan foydalanib ishlash Ishning maqsadi


Download 0.59 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1640947
Bog'liq
28-Amaliy mashg\'ulot


28-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Internet xizmatlaridan foydalanib ishlash
Ishning maqsadi: Talabalarni ma’ruzada olgan bilimlarini mustahkamlash.
Internet xizmatlarida foydalanib ishlash
Kuzatilyotgan natija: - Internet haqida bilimga ega bo’ladilar

  • Internet xizmatlaridan foydalanish bo’yicha bilimga ega bo’ladilar

AMALIY MASHG’ULOT:

  1. Internet nima?

  2. Internet xizmatlari deganda nimani tushunasiz va qanday internet xizmatlarini bilasiz?

NAZARY QISM:

Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati koʻrsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda koʻp va xilma-xil boʻlib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo boʻlib, baʻzilari yoʻqolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

- WWW - elektron sahifa xizmati;

- elektron pochta xizmati;



- telekonferensiya (Usenet); - fayllarni uzatish (FTP);
- DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati; - Telnet xizmati;
- IRC - xizmati yoki Chat konferesiya; - Maʻlumotlarni izlash xizmati.
- Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, yaʻni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi oʻziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP (File Tragsftr Protocol)–abonentga tarmoqdagi istagan kompyutyerda matnli va ikkilik fayllar bilan oʻzaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (oʻqish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi oʻzining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi boʻlib qolmoqda.
- Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar doskasini olish. Bu sistema maʻlum bir mavzu boʻyicha guruhlarga boʻlingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi oʻzini qiziqtirgan mavzuni koʻrsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va oʻzinikini yaratishi mumkin. Yangi xujatlar guruhining barcha aʻzolariga yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin.
- Elektron pochta (E-mail) - eng koʻp tarqalgan internet xizmati boʻlib, istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan oʻzaro muloqotda boʻlib turishini taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar manzilatga bir necha minut davomida yetib boradi. Bunda masofa xech qanday rol oʻynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir necha kun hattoki, haftadan keyin yetib borishi mumkin.

- Whais - internetning manzil kitobi. Uning yordami bilan abonet oʻzoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin.


Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi xizmatlaridan tashqari, internet baʻzi bir oʻziga xos xizmat turlarini ham taqdim qilishi mumkin, masalan:
- Faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar joʻnatish imkonini beradi.
- Elektron tarjimon–oʻziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib beradi.
- unda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
- Shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda xabarlarni joʻnatish imkonini beradi.
Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq maʻlumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar kiradi:
- Gopher - kalit soʻz va jumlalar boʻyicha axborotlarni topishga yordam beruvchi Internet tarmogʻidagi eng koʻp tarqalgan axborot qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni koʻrib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning «daraxti» kabi koʻrinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q.
- Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini boʻlaklar (detallar) ajratadi. Daraxt boʻyicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi.
- WAIS-Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit soʻzlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga

qaraganda ancha yengil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional



foydalanuvchilar eʻtiborini oʻziga koʻproq jalb etadi.

Internetda eng ommabop va bir meʻyorda rivojlangan xizmat turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan oʻylab topilgan. Hozir esa, koʻpchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin boʻlgan butunlay boshqa sayt yoki kompyutyerdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola qilinadigan belgilash soʻzlari (buyruqlari) oʻrnatilgan global giper matn sistemasi. Gipermatn gʻoyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu gʻoyani amalga oshirishda toʻrtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
– HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.

– URL (Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli.



– HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–Hyper Text Transfer Protocol).
– SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi. Bu vositalar kitobning navbatdagi boʻlimlarida koʻrib chiqiladi.
Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion oʻzgarishlar boʻladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan boʻladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish, odamlar oʻrtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar.
Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni oʻzlarining xususiy intellektual imkoniyatlariga qoʻshimchadek qaraydilar.
Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga boʻladigan talab va talabgorlar sonining toʻxtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va

operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab boʻlmaydi, inson



faoliyatining xohlagan sohasida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi boʻlib boramiz.
Nazorat uchun savollar:

  1. Telnet nima?

  2. Usenet nima?

  3. Elektron pochta (E-mail) nima?

  4. Whais nima?

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling