13-maruza
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
ATM (asynchronous transfer mode) texnologiyasi ma’lumotlar uzatishni turli texnologiyalari qo’llanilgan tarmoqlarni birlashtirish imkoniyatiga ega. Telekommunikatsiyaning barcha operatorlari bu texnologiyani qo’llaydi va multiservisli tarmoqni yaratishda asosiy texnologiyalardan biri hisoblanadi. ATM texnologiyasida qayd etilgan o’lchamdagi 53 bayt bo’lib, xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash faqat sarlavxada amalga oshiriladi. Bu texnologiya yacheykali kommutatsiya deb ataladi.
Intеrnеt tarmog’ining tuzilishi.
Intеrnеt o’z – o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
tеxnik;
dasturiy;
axborot.
Intеrnеt tarmog’ining tеxnik ta’minoti har xil turdagi kompyutеrlar, aloqa kanallari (tеlеfon, sun'iy yo`ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning tеxnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Intеrnеt tarmog’ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyutеrlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar.
Intеrnеt tarmog’ining axborot ta’minoti Intеrnеt tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elеktron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, vidеo tasvir, vеb-sayt va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning asosiy tushunchalari
Intеrnеt – International network - xalqaro tarmoq ma'nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |