28-Mavzu: Uglevodorodlar va ular aralashmalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Reja: 1.Zichlikni aniqlash usullari. 2.Ariometrdan foydalanish. Koʼpincha suyuq moddalarni xarakterlashda zichlik oʼrniga fizikaviy konstantalardan biri boʼlgan solishtirma ogʼirlikdan foydalaniladi. Zichlik jism ogʼirligining hajmga nisbatidir: Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayonida neft va neft mahsulotlarining zichligi absolyut hamda nisbiy birikmalarda ifodalanadi.Nisbiy zichlik quyidagicha belgilanadi;bu 20 ᵒC dagi neft yoki neft mahsuloti zichligining 4ᵒC dagi suv zichligiga bo’lgan nisbati.Neft va neft mahsulotlarining 20ᵒC dagi nisbiy zichlik ko’rsatkichlari 0,7 dan 1,07 gacha o’zgaradi. Istalgan harorat (t) absolyut zichlik bilan belgilanib,uning qiymatini quyidagicha ifoda bo’yicha aniqlash mumkin: Maʼlumki, harorat oshishi bilan zichlik kamayadi. Koʼpgina neft va neft maxsulotlari uchun bu chiziqli xarakterga ega ekanligi bogʼliq boʼlib, D.I. Mendeleev formulasi bilan aniqlanadi. Neftning zichligi 750 dan 970 kg/m³ Zichligi 20 ᵒCda 850 kg/m³dan past bo’lgan neftlar yengil,850kg/m³dan yuqori bo’lganlari og’ir neftlar deyiladi. Neft mahsulotlarining zichligi areometr labaratoriya jihozida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |