28-Modul. Yer solig`i Reja
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i
Download 27.15 Kb.
|
28-Yer solig`i
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to`lanadigan ijara haqi yer solig`iga tenglashtiriladi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo`lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi norezidentlari yer solig`i to`lovchilaridir. Ko`chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda ijaraga beruvchi yer solig`i to`lovchi bo`ladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanayotgan maydonidagi o`z ulushi uchun yer solig`i to`lovchidir. Quyidagilar yer solig`i to`lovchilari bo`lmaydilar: -notijorat tashkilotlari (tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganda shu faoliyatda foydalanilgan yer uchastkalari bo`yicha yer solig`i to`lovchi bo`ladilar); -soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo`llaydigan yuridik shaxslar. Yuridik shaxslarda mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida bo`lgan yer uchastkalari soliq solish ob’yektidir. Quyidagilar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi: 1) aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari: a) maydonlar, ko`chalar, tor ko`chalar, yo`llar, sug`orish tarmog`i, sohil bo`yi yerlari; b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishi va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog`lar, saylgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); d) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar); 2) zahira yerlar. Yer uchastkalarining soliq solinmaydigan maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan baza hisoblanadi. Qaysi yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to`lovchiga o`tgan bo`lsa, o`sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza tegishli yer uchatskalariga bo`lgan huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yuridik shaxslarda yer solig`i bo`yicha imtiyoz huquqi vujudga kelgan taqdirda soliq solinadigan baza ushbu huquq paydo bo`lgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig`i bo`yicha imtiyoz huquqi tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu imtiyoz tugatilgandan keyingi oydan e’tiboran ko`paytiriladi. Yuridik shaxslar uchun yer solig`i bo`yicha imtiyozlar ikki guruhga bo`linadi. 1.Ayrim yuridik shaxslarni yer solig`idan ozod qilish: Bunday yuridik shaxslarga quyidagilar kiradi: -madaniyat, ta’lim, sog`liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari bo`yicha; -nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg`armasi va “O`zbekiston chernobilchilari” assotsiatasiyasi mulkida bo`lgan hamda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqari); -yangi tashkil etilgan dehqon xo`jaliklari davlat ro`yxatidan o`tkazilgan oydan e’tiboran ikki yilga; -ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari ro`yxatdan o`tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to`g`risida xabardor qilingan kundan e’tiboran. 2.Ayrim yer uchastkalarini soliqdan ozod qilish, ya’ni soliq solinmaydigan yer uchastkalari bo`lib, quyidagilardan iboratdir: -bog`dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining kirish yo`llari, sug`orish ariqlari, kollektorlar egallagan va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlari, jamoa garajlarining yerlari; -muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning yerlari (xo`jalik faoliyati yuritilayotgan yerlardan tashqari); -sog`lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo`jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno): -tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo`jalik faoliyati yuritilayotgan yerlardan tashqari); -elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar; -umumdavlat aloqa liniyalari egallagan yerlar; -madaniyat, xalq ta’limi, sog`liqni saqlash ob’yektlari egallagan yerlar; -umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari, temir yo`llar, temir yo`l stantsiyalari hamda saralash joylari, temir yo`l transporti korxonalariga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; -shahar elektr transporti yo`llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; -sport va jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish komplekslari, onalar va bolallarning dam olish hamda sog`lomlashtirish joylari, dam olish uylari va o`quv-mashq bazalari egallagan yerlar: -magistral neft va gaz quvurlari, ularning qurilmalari va inshootlari egallagan yerlar; -magistral issiqlik trassalari va ularning (ko`paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiqlik inshootlari egallagan yerlar; -samolyotlarning uchish-qo`nish maydonlari, yerda boshqarish yo`lkalari va to`xtash joylari, fuqaro aviatsiyalari aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar; -konservatsiya qilingan ob’yektlar egallagan yerlar (konservatsiya davrida); -gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar; -yuridik shaxs balansida bo`lgan va xo`jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’yektlar egallagan yerlar; -aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari egallagan yerlar; -ihota o`rmon daraxtzorlari egallagan yerlar; -suv fondi yerlari va boshqa yerlar. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari yerlaning turlari, toifalari, joylashgan joylariga qarab 1 gektar yer uchun so`mlarda quyidagicha belgilangan: 1.Qishloq xo`jalik sug`oriladigan yerlariga stavkalar ularning sifatiga qarab 10 ta toifasi bo`yicha belgilangan va birinchi toifadan o`ninchi toifaga qarab stavka ko`tarilib boradi. 2.lalmikor ekinzorlar, bo`z yerlar va ko`p yillik ko`chatzorlarga stavkalar ularning quyidagi 3 ta zonasi bo`yicha belgilangan: a) tekislik zonasi; b) adir zonasi; d) tog`oldi va tog` zonasi. 3.Sug`oriladigan pichanzorlar va yaylovlarga stavkalar ularning quyidagi 3 ta zonasi bo`yicha belgilangan: a) cho`l zonasi; b) adir zonasi; d) tog` zonasi. 4.Qishloq va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmayotgan boshqa yerlarga stavkalar ularning turlari bo`yicha belgilangan: a) suv havzalari, kanallar, kollektorlar, yo`llar egallagan yerlar; b) jamoatchilik qurilishlari va hovlilari egallagan yerlar; d) qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan boshqa yerlar. 5.Shaharlar va qo`rg`onlardagi yer uchastkalariga stavkalar shahar va qo`rg`on tipi hamda zonalari bo`yicha belgilangan: a) Toshkent shahrida 14 ta zona bo`yicha; b) boshqa yirik shaharlarda 4 ta zona bo`yicha; d) kichik shaharlarda 3 ta zona bo`yicha; e) tuman markazlari va aholi punktlarida 2 ta zona bo`yicha. 6.Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanayotgan yuridik shaxslarga yer solig`i stavkalari belgilangan: a) aholi punktlaridagi sug`oriladigan yerlar uchun; b) aholi yashamaydigan joylardagi sug`oriladigan yerlar uchun: s) lalmikor yaylovlar uchun. 7.Qishloq joylarda joylashgan kon va kar’yerlar band qilgan yerlar uchun stavkalar belgilangan: a) sug`oriladigan yerlar uchun; b) lalmikor yaylovlar uchun. Yer uchastkasi mulkdori, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo`jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (ball-boniteti pasaygan) taqdirda, yer solig`i yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo`yicha undiriladi. Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo`jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i qishloq xo`jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to`lanadi. Yuridik shaxslarning yer solig`i bo`yicha soliq davri ham hisobot davri ham kalendar yilidir. Yer solig`i har bir soliq davrining 1 yanvarida bo`lgan holatga ko`ra hisoblab chiqariladi va yer solig`ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. Yer solig`ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib siqqan holda amalga oshiriladi. Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijarga huquqi vujudga kelganida (tugatilganida), shuningdek, ular foydalanayotgan yer maydoni ko`paygan (kamaygan) yoki yer solig`i bo`yicha imtiyoz huquqi tugatilgan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar soliq organlariga yer solig`ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib qo`yilgan) yoki imtiyoz huquqi tugatilgan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart. Soliq davri mobaynida qishloq xo`jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o`zgarishlar yuz berganda yagona yer solig`i to`lashga o`tmagan qishloq xo`jaligi korxonalari yer solig`ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini soliq organlariga joriy yilning 1 dekbariga qadar taqdim etadilar. Yer solig`ini to`lash yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Yagona yer solig`i to`lashga o`tmagan qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan yer solig`ini to`lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: -hisobot yilining 1 iyuliga qadar yillik soliq summasining 20 foizi; -hisobot yilining 1 sentyabriga qadar yillik soliq summasining 30 foizi; -hisobot yilining 1 dekbariga qadar soliqning qolgan summasi to`lanadi. Download 27.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling