28-Modul. Yer solig`i Reja
Download 27.15 Kb.
|
28-Yer solig`i
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonda yerdan foydalanish va uning uchun to`lov
28-Modul. Yer solig`i Reja: 1.O`zbekistonda yerdan foydalanish va uning uchun to`lov. 2.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i. 3.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i. Tayanch iboralar: yer resursi, yerdan foydalanish, yerga egalik qilish, yerga mulk huquqi, yer toifalari, yer kadastri, yerni baholash, yer bahosi, yer qiymati, yerni ijaraga olish, ijara haqi, yer solig`i, yagona yer solig`i, qishloq xo`jaligi yerlari, o`rmon xo`jaligi yerlari, soliq imtiyozlari, soliq solinmaydigan yerlar, chek yerlar. O`zbekistonda yerdan foydalanish va uning uchun to`lov O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga asosan yer davlat mulki-umummilliy boylikdir. Undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo`yilmaydi. Yerning sifati ball-bonitet bilan belgilanadi. Ball-bonitet – bu yerning sifatli qatlamining unumdorligi, joylashgan joyi, suv bilan ta’minlanganligi va yo`lga qulay joylashganligini hisobga olgan holda berilgan bahosidir. Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi-yerlardan yer kadastri hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko`zlab foydalanishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va shartlaridir. Yerlarni bir toifadan boshqasiga o`tkazish, yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o`zgargan taqdirda amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasida yerlar ulardan asosiy foydalanish maqsadiga ko`ra quyidagi toifalarga bo`linadi: 1) qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlar; 2) aholi punktlari (shaharlar, qo`rg`onlar va qishloq aholi punktlari)ning yerlari; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sog`lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo`ljallangan yerlar; 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; 6) o`rmon fondi yerlari; 7) suv fondi yerlari; 8) zahira yerlar. Yer uchastkasi-yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimiga hamda yer uchastkasiga bo`lgan huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat ro`yxatiga olish hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo`lgan qismidir. Yuridik shaxslar doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo`lishlari mumkin. Jismoniy shaxslar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish , ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo`lishlari mumkin. Yerdan foydalanganlik uchun haq to`lanadi. Yer uchun haq ikki ko`rinishda bo`lishi mumkin: 1) o`z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig`i to`laydilar; 2) yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida to`lanadi. Ijara haqi taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin u yer solig`i stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridan ko`p bo`lmasligi kerak; yerdan qishloq xo`jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda ijara haqi yer solig`i stavkasining bir baravari miqdorida bo`ladi. Belgilangan tartibda taqdim etilgan yer uchastkalari uchun ulardan foydalanish-foydalanmasligidan qat’iy nazar yer solig`i to`lanadi. Soliq to`lovchining joylashgan joyidan qat’iy nazar yer solig`i yer uchastkasi joylashgan tuman yoki shahar byudjetiga to`lanadi. Download 27.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling