28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356


Download 0.7 Mb.
bet1/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1722617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG’ONA PALITEXNIKA INSITUTI


ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV
FAKULTETI

IQTISODIYOT”KAFEDRASI



MAKROIQTISODIYOTI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat.Mondel-Fleming modeli
Bajardi: 62-21 guruh talabasi
Erkinov Abrorbek
Kurs ishi rahbari: Turg’unov M
Kirish
I.BOB . OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT.
1.1 Ochiq iqtisodiyot.
Ochiq iqtisodiyot - jahon miqyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. Ochiq iqtisodiyot unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqlanadi: Ochiq iqtisodiyotda jami taklifning qoʻshimcha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochiq sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari bilan birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; Ochiq iqtisodiyotda fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.Ochiq iqtisodiyotda monetar siyosat jami talabga taʼsir koʻrsatish nuqtai nazaridan mutlaq samarasiz boʻlib qoladi. Shuning uchun pul taklifini koʻpaytirish orqali barcha takliflarni ragʻbatlantirishga urinish "ortiqcha" pullarning Markaziy bankda valyutaga almashtirish uchun sotilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa davlat valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi, lekin umumiy talabga taʼsir koʻrsatmaydi. Hozirgi sharoitda turli bozorlarning ochiqlik darajasi ham bir xil emas.
Ayrim holatlarda yuqori darajada tovarlar, xizmat bozorlari, kam miqdorda kapitallar bozori, undan ham kam miqdorda esa mehnat bozorlari erkinlashtiriladi. Milliy iqtisodiyotlarning bir-birlariga nisbatan oʻsib boruvchi ochiqligi iqtisodiyotni milliylashuvi jarayonining ajralmas, boshlangʻich qismidir. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirib, mahsulot va xizmatlar sifatining oʻsishiga va ishlab chiqarish harajatlarini pasayishga olib keladi. Koʻp mamlakatlar Ochiq iqtisodiyotga oʻtishda roʻy beradigan xavf-xatarlar boʻlishini hisobga olib, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarishda bojxona bojlari stavkalarini qaytadan koʻrib chiqishga, import va eksportga miqdoriy kvotalar va litsenziyalar belgilashni takomillashtirishga, valyuta nazorati olib borishga ahamiyat beradilar. Bundan tashqari, xalqaro darajalarda mamlakatlar oʻrtasida xolisona taqsimot, harajatlarni eng kam darajaga olib kelish orqali xoʻjalik faoliyatini milliylashtirish boʻyicha mexanizmlarni topish ishlari ham izlanadi. Yopiq iqtisodiyot aslida real holatda kuzatilmaydi. Aslida hech qaysi davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy aloqa qilmasdan mustaqil ravishda mavjud bo’la olmaydi va rivojlana olmaydi. Bu tushuncha fakat ochiq iqtisodiyot bilan solishtirib o’rganish uchun foydalaniladi. Mamlakatning qanchalik darajada ochiq iqtisodiyotga moslashganlik yoki ochiq iktisodiyotdan foydalanish darajasini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi:
Import kvotasi = Import / YaIM * 100 %
Import kvotasi - import hajmining mamlakatning YaIMida tutgan ulushini ifodalaydi .
Eksport kvotasi = Eksport / YaIM * 100%
Eksport kvotasi - mamlakat YaIMida eksport salohiyati qanchalik darajada ekanligini ifodalaydi .
Tashqi savdo aylanmasi kvotasi = tashqi savdo aylanmasi / YaIM * 100%
Ochiq iqtisodiyot kichik va katta ochiq iqtisodiyot kabi ko’rinishlarda bo’lib, ularning bir qancha farqli jihatlari mavjud. Xususan, ular real foiz stavkasining qo’llanilishi bilan farq qiladi. Kichik ochiq iqtisodiyotda r real foiz stavkasi barcha davlatlarda iqtisodiyotga bir xil darajada ta’sir ko’rsatadi yoki hamma davlatlarning bir biriga bo’lgan ta’siri bir xil darajada, ya’ni sezilarli darajada farq qilmaydi, deb qaraladi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling