285-maktab Biologiya fani o’qituvchisi Azizova Xilolaning Biologiya fanidan mantiqiy va qiziqarli masalalar, rasmli topshiriqlar kitobchasi


Download 138.06 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi138.06 Kb.
#1112449
1   2
Bog'liq
Azizova H O ni kitobchasi

gul tojibarg),boshi (xandon pista –quruq meva),ko’zi(urug’).
Bo’yin qismi (o’simliklarning tanasi yoki poyasi),qorin qismi(barg organi),oyoqlari (ildiz organi) deb ma’lumotlar beradi.Oquvchi qanchalik ko’p malumot aytsa va qo’shimcha ma’lumotlar bersa,demak bu o’quvhida BKM lar shakllangan.
6-siflar uchun.(20-mavzu.Gul---- o’simliklarning generativ ko’payish organi mavzusidan so’ng berilishi mumkin).
O’simliklarning generativ organi mavzusidan so’ng ,gul o’rgani bilan to’liq tanishib bo’lgach bunday rasmli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvoffiq bo’ladi.Bunda o’quvchilarga gul qismlari tasvirlangan biror bir jonivor tasviri beriladi.Bunda o’quvchi rasm tasviriga qarab gulni qismlarini ajratishi va ular haqida ma’lumot berishi so’raladi.
RASM: odamga

Javob: Rasmda gulning qismlari tasvirlangan bolib, bu barcha gulning qismlari o’ziga xos vazifalarni bajaradi.Tasvirdagi oyoq qismi(gul kosachabargi - gul qo’rg’onning tashqi qavati hisoblanadi).Tanasi(gul urug’chisi-gulning asosiy qismi bo’lib urug’lanishdan so’ng meva hosil bo’ladigan qismidir). Qo’llari(gul bandi bo’lib-gulning asosiy qismlarini o’simlik tanasiga birlashtirib turish vazifasini bajaradi). Boshi (gul tojibargi bo’lib -gul qo’rg’onning ichki qavati hisoblanadi vau turli ranglarda bo’ladi qizil,pushti,siyoxrang vahokozo.Ko’zlari(changlari bo’lib-changdon ichida yetiladigan urug’chini urug’lantiradigan spermiy hujayralaridan tahkil topgan qismi).Shoxlari esa (changchisi bo’lib- u 2 qismdan changchi iplari va changdondan iborat,changdonda changlar yetiladi)deb ma’lumotlar beradi.


6-sinflar uchun.(23- mavzu. Mevalar mavzusidan so’ng)
O’simliklarning vegetativ va generativ organlari mavzularidan so’ng yoki mavzu so’ngida bunday rasmli topshiriqlar o’quvchilarda notanish vaziyatlarda ham bilimlariga tayanib ma’lumot berish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Masalan: Turli mevalar aralash tasvirlangan voqea hodisa tasvirlangan rasmlar ko’rsatiladi. O’quvchilar bu rasmda har hil mevalardan tuzilgan odamlar baliq tutayotgaligi ,yani,quruq mevalar – yong’oq bodom, handon pista ,yeryog’qlar tasvirlangani.Xol mevalardan kema shaklida banan tasvirlanganini ,qovoq mevalardan-bodring,tarvuz ,qovun tasvirlanganligini.Ildiz mevalardan sabzi,shakli o’zgargan novdadan piyoz tasvirlangani haqida ma’lumot aytishadi.Bu ma’lumotlarga qo’shimcha tarzda ularning ahamiyati haqida gaprishlari ,ma’lumot berishlari mumkin bo’ladi.
Bunday bosh qotirmalar notanish vaziyatlarda ham bilimlariga tayangan holda javob topa olishi, bilish faolligini oshirishi mumkin.
RASM: banan

6-sinflar uchun (O’simliklarning vegetativ organi ildiz organi bilan tanishib bo’lgach, yoki oziq moddalar va suvning harakati mavzularidan so’ng berilsa samarali natija beriladi.


O’quvchi yoshlarda matematik savodxonlikni oshirish,bilish faolligini oshirish,ma’lum bir darajada matematik savodxonligini oshirish maqsadida, kasbga yo’naltirish maqsadida ham fanga oid mantiqiy va qiziqarli masalalar berish mumkin.Masalan:
MASALA
Izoh: Bundao’quvchilar hisob kitobni amalga oshirishi natijasida,arzimagan mablag’ natijasida ham daromad olishi mumkin ekanligini ham bilib olishadi. Keyinchalik hayotda ham qo’shimcha daromad yoki ma’lum bir muhim kasb egallashida ham ko’makchi bo’ladi deb o’ylayman.

7-sinflar uchun (41 –mavzu Ko’k kaptarning tashqi tuzilisi mavzusining oxirida)


O’quvchilar ming kuchli bilimga ega bo’lsin, olgan bilimlarini notanish vaziyatlarda qo’llay olmasa, hayotining kerakli javhasida qo’llay olmasa demak ularda BKM larni shakllantira olmaganmiz deb oylayman. Shunung uchun olgan bilimlarini mustahkamlash uchun,notanish vaziyatlardabilimlaridan foydalanib javob berishlari uchun mantiqiy va qiziqarli masalalarni o’rni benihoya katta deb o’ylayman. Misol uchun:
O’rdak, g’oz, tovuq qishning sovuq kunlarida kim ko’p suvda turish musobaqasini o’tkazishdi. Ertasi kuni tovuq shamollab yotib qolibdi. Buni eshitgan o’rdak va g’oz uni ko’rgani boribdi.Tovuq o’rtoqlariga hech nima bo’lmaganini ko’rib hayron bo’lib,sababini so’rabdi. Oquvchilar o’rdak va g’oz nima uchun shamollamagan,tovuq esa shamollab qolgan?

JAVOB: Sababi g’oz va o’rdakda dumg’aza bezi bo’lib, ularning bu bezidan yog’ ajraladi va bu yog’ni tumshug’i orqali siqib olib patlariga surtib turadi shu sababdan patlariga suv yuqmaydi. Tovuqda esa bu bezlar bo’lmaydi. Shu sababdan tovuq patlari sovuq kunda suvni tanasiga o’tkazgan va shamollagan .


7-sinflar uchun (44-mavzu Qushlarning ko’payishi ,rivojlanishi mavzusidan keyin. 9-sinflarda 9- mavzu Urug’lanish mavzusidan keyin)
Kletkada 3 ta tovuq va 1 ta xo’roz bor. Ikkinchi kletkada 3 ta tovuq bor. 1 oy davomida 2ala kletkada 90 tadan tuxum bo’ldi. Har bir kletkadagi tovuqlar 30 tadan tuxum bosib yotganda, birinchi kletkadagi tuxumdan 90 ta jo’ja chiqdi. Ikkinchi kletkadai tuxumdan nechta jo’ja chiqadi?

JAVOB: Birinchi kletkada xo’roz borligi uchun 90 ta jo’ja chiqdi.Ikkinchi kletkada xo’roz bo’lmaganligi uchun tuxumlardan jo’ja chiqmagan. Sababi urug’lanmagan tuxum hujayradan yangi organizm rivojlanmaydi.


7-sinflar uchun (45-mavzu Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi mavzusida so’ng)
Qushlarnung uchib ketishi ,ularnining yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o’zgarishiga moslanishdan iborat. Shunday ekan , qushlarimizdan biri bo’lgan chumchuq issiq o’lkalarga uchib ketishi uchun 15 kun sarflar ekan . Qushlar soatiga 25 km yo’l bossa, jami necha km yo’l bosishi kerak bo’ladi?
Izoh: O’quvchilar darrov hisob kitob amallarini bajarishga tushib ketadi. Bunda o’quvchilar mantiqan o’ylab “Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslashuvi mavzusida olgan bilimi asosida javob berishi kerak bo’ladi.
JAVOB: Chumchuq issiq o’lkalarga uchib ketmaydi.
9- sinflar uchun yoki 10- sinflar uchun.
Masala: Bug’doy o’simligi bilan g’o’za o’simligi tortishib qolishibdi. Men sendan foydaliroqman , yo’q men sendan foydaliman deb. Bug’doy men senday bo’la olaman va foydam ko’proq debdi.G’o’za ham men ham senday bo’la olaman debdi. Vaqtlar o’tibdi. Lekin xaligacha g’oza bug’doy bo’la olmasmish, bug’doy g’o’za bo’la olmasmish. O’quvchilar nima deb o’ylaysiz nimaga bug’doy g’o’za, g’o’za bug’doy bo’la olmagan?
IZOH: O’quvchilar turli hil fikrlarni beradilar. Barcha o’quvchilar fikri etirozsiz eshitiladi. Bunda o’quvchilar fikrini erkin bayon etishga, mustaqil fikrlashga o’rgatadi.
JAVOB: G’o’za bug’doy, bug’doy g’o’za bo’la olmasligini sababishundaki. G’o’za o’simlikgini xromasomasidagi genlarida G’o’za o’simligiga xos irsiy belgilar saqlanadi. (masalan,bir yillik o’simligi ekanligi, o’q ildiz bo’lishi, barg bandi bo'lib barg bandi orqali poyaga brikishi, barglari panjasimon bo’lishi ,avgust sentabr oylarida pishishi vahokozolar…….. ). Bug’doy o’simligida esa o’ziga xos irsiy belgilar saqlanadi.(masalan,bug’doy o’simligini kuz oyining o’rtalarida urug’ini yerga qadashi natijasida may oyida pishishi, ildizi popuk ildiz ekanligi ,doni boshoqlarda pishishi, bargi esa bandsiz barg bo’lib, tomirlari barg yaprig’ida parallel tomirlangan bo’lishi haqida ilmiy ma’lumotlarni beradi). Shuning ucun ham yangi organizm rivojlanishida barcha belgi va xususiyatlar gen asosida rivojlanadi. Shuning uchun ham bug’doy g’o’za , g’o’za bug’doy bo’la olmagan.
10- sinflar uchun
Turli hil kapalaklar tunda kim ko’p nektar yig’ish o’yinini o’tkazishibdi. ( Moviy kapalak, tok arvox kapalagi, sariq kapalak, karam kapalagi ). Barcha kapalaklar oz- ozdan nektar yig’ib olib kelibdi. Tungi kapalak esa nektar ham olib kelmabdi, o’zi ham kelmabdi. Sababi nima deb o’ylaysiz.

8-sinflar uchun


Vitaminlar (A,B va uning guruhlari,C,D,E,K,PP…………..) o’tirishibdi bir kun yig’ilib.
Alfavit boshidan vitamin A maqtanishni boshlabdi:Men insonlarni o’sishi va rivojlanishiga,hujayralarning bo’linib ko’payishiga,ko’z o’tkirligini saqlashga….. yordam beraman.
Undan so’ng vitamin B1 vitamin boshlabdi:Men odamlarni nerv sistemasini qo’zg’alishi va tormozlanishida, aqlli bo’lishida o’rnim katta……….
Va barcha vitaminlar shunday o’zin maqtabdi,
Tunni yarim bo’lganinhatto birontasi sezmabdi.
Ularni chetdan kuzatgan: singa,beri-beri,shapko’r, kamqon,raxitni jaxllari chiqibdi.
Vitaminlar qaytisharkan uy-uylariga,ko’chaga chiqishsa yomg’ir kayfiyatlari tushibdi.
Yo’l yurib vitaminlar uy-uylariga yetibdi.A,D,E,K vitaminlari orqasiga qarashsa,boshqa vitaminlar yo’q ekan.Bundan hayron bo’lgan vitaminlar sababini bilmabdi.
Siz aytinchi bolalar, qayga ketdi vitaminlar?
IZOH:
Vitaminlar juda ko’p. Ular suvda eriydigan vitaminlar va yog’da eriydigan vitaminlarga ajratiladi.O’quvchilar bu vitaminlarni eslab qolishlari va qaysi vitaminlar suvda, qaysinisi yo’g’da erishini oson farqlab olish imkonini beradi.Yana bu vitaminlar yetishmasligi natijasida qaysi kasalliklar kelib chiqishini ajratishni o’rganadilar.
JAVOB:
Uyga qaytayotgan A,D,E,K vitaminlardan boshqa barcha vitaminlar yomg’ir yoqqanligi sababli suvda erib ketgan shu sababdan ham ular uyga yetib kelmagan.A,D,E,K vitaminlari yog’da eriydigan vitamin bo’lganligi uchun bu vitaminlarga yomg’ir ta’sir qilmagan.


8-sinflar uchun.Qon mavzusini o’tib bo’lgach.
To’rtta guruhga kiramiz.
Tashirmiz, kurasharmiz,posbonmiz.
Menda, alfa, betta, ”+”, ”-“ ko’rsayiz,
Matematika demang siz.
“Vazopressin” yo’llarimni toraytirib bosimimni oshirar,
Quyuqlashsam “geparin” suyuqligim shoshirar.
Aytinnchi siz bolalar, men kimman zukkolar!
IZOH:
O’quvchilar “Qon” mavzusini o’tib bo’lgach u haqda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Ma’lumotlar ko’p bo’lganligi uchun o’quvchilarda ma’lumotlarni adshtirib yuborish holatlari kuzatiladi. Shu sababdan bilish samaradorligini tekshirish, bo’shliqlarni aniqlash maqsadida bunday mantiqiy,qiziqarli masalalar va bosh qotirma savollar berilsa maqsadga muvoffiq bo’ladi.Bu qiziqarli topshiriqni javobini topish bilan birga unga izoh ham berishishlari kerak bo’ladi.Masalan, qonni to’rta guruhi farqlanadi,aglyutinin alfa va betta bo’ladi. Rezus faktorlari “+”, “-“ bolishi,gipofiz beziningorqa bo’lagidan chiqadigan vasopressin gormoni esa qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshishiga sabab bo’ladi.Jigar ishlab chiqaradigan geparin qonni tomirlarda ivishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun “Qonni suyuqlashishiga sabab bo’ladi” jumlasi ishlatilgan,--deb izoh beradilar.
JAVOB:


7-sinflar uchun. “Qushlarni ichki tuzilishi skeleti va muskullari” mavzusini o’tib bo’lgach berish mumkin.
Keling aziz zoologlar sizga bir topishmoq aytay
Men qayiq misoli, lekin suvda suzmasman.
Yengil naysimondirman,lekin naylar chalmasman.
Iligim bor,umurtqada bo’lmasman.
Sharsimondirman,qattiqman,lekin,koptok emasman.
Qani ayting bolalar,siz zukko uddaburonlar!
IZOH:
O’quvchilaga ona tilidan ma’lumki har bir so’zlar turli hil ma’nolarni anglatadi. Bunday so’zlarga ma’nodosh so’zlar deyiladi
Qushlarskleti mavzusini o’tib bo’lgach manashunday so’zlardan foydalangan holda mavzularni o’zlashtirish darajasini bilish mumkin.Masalan; o’quvchilarga qayiq so’zi suvda suzadigan qayiqni tasavvur qiladi,lekin bu mavzuda qayiq so’zi to’sh toj suyakka nisbatan ishlatilishi, ilik so’zi esa suyak ichida bo’luvchi ilikni tasavvur qiladi,lekin,qushlarda maxsus suyak ilik suyagi borki u yrga qo’nganda u tanagaberiladigan zarb kuchini kamaytirish uchun faqat qushlarda bo’luvchi suyaklarga aytiladi, nay so’zi muzika asbobi nayni tasavvur qilishsa, ichi havo bilan to’lgan nay suyaklari faqat qushlarga hos bo’lib ularni uchishida hizmat qiladi.
JAVOB:
Qushlarni tana sakeletidagi mahsus suyaklar:
Qayiq misoli deganda-----to’sh toj suyagi haqida,
Naysimondirman,naylar chlamasman------- uchishni osnlshtiruvchi yengil nay suyaklari,
Ilik suyagi ------Qushlarda bo’luvchi ilik suyak haqida,bu suyak qush yerga qo’nganda tanaga beriladigan zarb kuchini kamayiruvchi maxsus suyakdir.
Sharsimon, qattiq suyaklar esa----- bosh qutisi haqida ma’lumot beradi deb o’quvchilar olgan bilimlari asosida javob beradilar.


Download 138.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling