287 tijorat banklarida mijozlar bilan munosabatlar holatini baholash mamajanova Tuygunov Axmadjanovna
Download 90.93 Kb. Pdf ko'rish
|
tijorat-banklarida-mijozlar-bilan-munosabatlar-holatini-baholash
292
𝐿 𝑖 − sodiqlik darajasi; 𝑇𝑃 𝑖 − ijobiy murojatlar soni; 𝑇𝑁 𝑖 − salbiy murojatlar soni; 𝑆 𝑖 − jami murojatlar soni; А 𝑖 − oʼziga xos boʼlgan murojatlar soni; Mijozlar siyosatini har tomonlama baholash uchun tijorat banklarining mijozlar bilan munosabatlarning iqtisodiy samaradorligini hisobga olish tavsiya etiladi. “TrastKonto” va “Intersoft Lab” konsalting kompaniyalari tomonidan mijozlarning daromadliligini tahlil qilishning besh bosqichli tizimini taklif etadi 81 . 1) mijozlar uchun toʼgʼridan-toʼgʼri daromad va xarajatlar oqimini hisoblash; 2) transfert daromadlari va xarajatlari oqimini hisoblash; 3) qoʼshimcha xarajatlarni hisoblash; 4) kutilmagan yoʼqotishlar xavfini hisoblash; 5) mijozlarga xizmat koʼrsatishdan olingan iqtisodiy foydani hisoblash; Mijozlarning daromadlilik darajasining yakuniy natijasi esa quyidagi formula asosida hisoblanadi: EP = SPD + SR + SKD + STD – НР Bu yerda: EP – iqtisodiy daromad; SPD – isteʼmolchilarning toʼgʼridan-toʼgʼri foizli daromadlari salьdosi; SR – mijozning kreditlar portfeli boʼyicha zaxiralar harakatining salьdosi; SKD – mijozdan olingan komissiya daromadlari va xarajatlari qoldigʼi; STD – mijozlar resurslarining xarakati, oʼtkazmalarning salьdosi; HP – ustama xarajatlar. Bizning fikrimizcha, usulning afzalliklari mijozlar bilan ishlashda mumkin boʼlgan yoʼqotishlarni minimallashtirishga yordam beradigan mijoz boʼyicha amalga oshiriladigan operatsiyalardagi yoʼqotishlar xavfini hisoblashni oʼz ichiga oladi. Аmaliyotda turli nuqtai-nazarlar mavjudligi bois tijorat banklari xizmatlari, operatsiyalari va mahsulotlarini tavsiflash va ularning turlarini tasniflash borasida yagona yondashuv mavjud emasligi aniqlandi va shartli qator mezonlar (bank xizmatining iqtisodiy mazmuni, risk darajasi, mablagʼlarni joylashtirish tavsifi, mijozlar tarkibi, daromadlilik darajasi, toʼlash, muntazamligi, koʼrsatish usuli, taqdim qilish vaqti, hisob- kitob shakli, oʼtkaziladigan valyuta, shakli, murakkablik darajasi kabi) boʼyicha tasniflandi. Ushbu bobda bank xizmatlari, operatsiyalari va maxsulotlari tushunchalari oʼrganildi va uni iqtisodiy mohiyatini tavsiflovchi mezonlar asoslab berildi. Bank xizmatlari turlari oʼrganildi va ularni oʼziga xos xususiyatlari aniqlandi. Yaʼni, anʼanaviy va yangi bank xizmatlari koʼrib chiqildi. 81 Официальный сайт «Intersoft Lab» [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://www.iso.ru/publication/document8612.phtml 293 Xizmatlar bozorida banklarning xizmatlar koʼrsatish amaliyotiga xos boʼlgan quyidagi tendentsiyalari aniqlandi. Fikrimizcha, bank xizmatlari yangi xizmatlarni taklif etish va ularning sifat xususiyatlarini yaxshilash yoʼli bilan mijozlarni jalb etishga qaratilgan. Download 90.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling