287 tijorat banklarida mijozlar bilan munosabatlar holatini baholash mamajanova Tuygunov Axmadjanovna


Download 90.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi90.93 Kb.
#1547859
1   2   3   4   5
Bog'liq
tijorat-banklarida-mijozlar-bilan-munosabatlar-holatini-baholash

289 
Pokiston bank tizimida CRMdan foydalanish asosiy strategiya sifatida belgilanishi 
lozimligini asoslagan. 
Kallol Das, Djitesh Parmar va Vidjay Kumar Sadanandlar
70
CRM dasturlari va 
mijozlarning unga sodiqligi oʼrtasidagi munosabatlarni oʼrganib chiqdi. Olib borilgan 
tadqiqot ikki qismdan iborat boʼlib, birinchi qism CRM amaliyotining eng yaxshi 
tadqiqotlari deb nomlangan. Ikkinchi qism qoʼshimcha amaliy tadqiqotlardir. Yashirin 
oʼzgaruvchilarni aniqlash yordamida amalga oshirilgan tahlil tijorat banklarida CRM-
ning eng yaxshi amaliyotlarini joriy qilish, yuqori va oʼrta darajadagi munosabatlardagi 
chakana mijozlarning sodiqlik darajalari oʼrtasida mustahkam aloqalar yoʼqligini 
koʼrsatadi. Natijalar, Hindiston banklarida CRM nafaqat yirik banklar balki chakana 
banklar uchun, xususan, kichik kredit tashkilotlari uchun qam muhim ekanligini asosladi. 
R.K.Uppal
71
tadqiqotlari esa davlat va xususiy sektor va xorijiy banklar boʼyicha 
mijozlarga koʼrsatilayotgan xizmatlarni taqqoslashga qaratilgan. Uch guruh oʼrtasida 
mazmunli farq borligi aniqlandi. Elektron bank xizmatlarining vaqt omiliga nisbatan 
samaradorligini aniqladi. Tahlil natijalari asosida masofali bank xizmatlari mijozlar bilan 
munosabatlarda asosiy rolь oʼynashi va muhim omil sifatida qaralishi boʼyicha takliflar 
berdi. 
S.S.Ksugar va Nensi X.Vaz, D.Kostalar
72
esa Hindistonning jahon bozorida 
mavjud holati, xususan, bank sektori uchun yangi shakllanayotgan global raqobat 
sharoitida mijozlarga yoʼnaltirilgan marketing tamoyillaridan foydlanish raqabatda 
ustunlikning asosiy sharti ekanligini asosladi. Banklarning CRM amaliyotlari ularning 
mavjud mijozlarini raqobatbardosh bozorda saqlab qolishlariga yordam berishi 
mumkinligini asosladi. 
Yedvin Txeronand va Nic S.Terblanchelar
73
tijorat banklarining korporativ 
sijozlariga koʼrsatiladigan moliyaviy xizmatlardagi munosabatlar marketingi holatini 
oʼrgandi. Eng muhim oʼlchamlarni aniqlash uchun Analytic Hierarchical Process (AHP) 
modelni qoʼllagan. Marketing adabiyotidagi munosabatlar marketingi boʼyicha jami 23 
ta determinant aniqlandi va empirik tadqiqotdan soʼng bu determinantlarning hajmini 10 
taga kamaytirdi. 
Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, bank va isteʼmolchi oʼrtasida munosabatlar 
oʼrnatilganda muayyan oʼlchovlar: ishonch, majburiyat, mamnunlik va muloqot 
boshqalarga qaraganda muhimroq ahamiyatga ega ekanligini asosladi. B2B bozorda 
moliya xizmatlari sohasida muhim ahamiyatga ega boʼlgan qoʼshimcha determinantlar 
esa 
bankning 
yetukliligi, 
munosabatlarning 
afzalliklari, 
kommunikatsiya, 
moslashuvchanlik, jozibadorlik va umumiy qadriyatlar ekanligini aniqlagan. Аmalga 
oshirilgan tadqiqotlar banklar sektorida mijozlar bilan samarali munosabatlarni tashkil 
etishdagi asosiy jihatlar boʼyicha qaror qabul qilishga tavsiyalar olish imkonini berdi. 
Munosabatlar marketingi bank mijozlari va boshqa hamkorlar bilan foydali 
munosabatlarni oʼrnatish, saqlash va rivojlantirish, shu bilan shugʼullanadigan 
70
Das Kallol, ParmarJitesh, Sadanand Vijay Kumar (2009), “Customer Relationship Management (CRM) Best Practices and 
Customer Loyalty: A Study of Indian Retail Banking Sector”, European journal of social Sciences Vol. 11 No. 1, 61-85. 
71
Uppal R.K. (2009), “Customer Service in Indian Commercial Banks: An Empirical Study”, Asia Pacific Journal of Social 
Sciences, Vol. 1 No.1, pp. 127-141. 
72
. Hugar, S. S., &Vaz, N. H. (2009). A model for CRM implementation in Indian public sector banks. International Journal 
of Business Innovation and Research, 4(1-2), 143-162. 
73
Theron Edwin and Terblanche S. Nic (2009) , “Dimensions of Relationship Marketing in Business to Business Financial 
Services”, International Journal of Marketing Research, Vol. 52, No. 3, pp. 383- 402. 



Download 90.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling