289-bandida 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 14. 3
Download 44 Kb.
|
289-Ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.I.SH. Ta’lim yo‘nalishi va kursi
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Nasridinov
Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yil iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-bandida 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 14.3-bandida belgilangan vazifalar bo‘yicha amalga oshiriligan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yil iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-bandida 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 14.3-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, institutning bir nafar tayanch doktoranti G.Sayfullayeva hamda Matematika informatika fakulteti 3-bosqich talabasi S.Ubaydullayeva Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari va doktorantlari o‘rtasida o‘tkazilgan Akademik T.Sarimsoqov nomidagi stipendiaga sazovar bo‘ldi. 2022-yilda “Ulug’bek jamg’armasi” va Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida institutning 2 nafar talabasi, Kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Nargiza Shonazarova va Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Sharapova Mahliyolar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2023-yilda esa 1 nafar magistrant Omonboyeva Meruyert va 2 nafar talaba Islomova E’zoza hamda Odilova Nozimalar “Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2022-yilning 14-19 dekabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tgan, AQSH ning Qirg'izistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Central Asian Debate Tournament” chempionatida Ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi L.Jalolova 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 2023-yilda esa L.Jalolova “Zulfiya” nomidagi Respublika mukofoti sohibasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanlovida institutimiz iqtidorli yoshlari katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Jumladan 2022 - yilda 10 nafar (1 nafar Prezident, 1 nafar Islom Karimov hamda 8 nafar “Alisher Navoiy” nomidagi davlat stipendiatlari) iqtidorli talaba-yoshlarimiz nufuzli davlat stipendiasi sohiblari bo‘ldi. (1-jadval)
2023 – yilda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Til bilimdoni” Respublika tanlovida O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari S.Omonova, S.Rajabova va “Eng yaxshi kitobxon” Respublika tanlovida esa Mansurova Marjona, Boboqulova Dilsora, Amonova Matluba, Sadriddinova Gulasallar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2023 – yilning 17 – aprel kuni Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festevali”da San’atshunoslik fakulteti talabalari Choriyev Sherzod, Mustafoyeva Marjona, G‘affarova Dilnura, Hikmatullayeva Diyoralar sovrindor bo‘lishdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Nasridinov Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling