29-§. Sivilizatsiyaning Sharq-Markaziy Osiyo local tipi 30-§. Demokratik davlat qurishning shart-sharoitlari 31-§. Fuqarolik jamiyati barpo etish vazifalari


Download 49 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi49 Kb.
#1368232
  1   2
Bog'liq
9-Mavzu


VII BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONNING IJTIMOIY-MADANIY TAVSIFI


29-§. Sivilizatsiyaning Sharq-Markaziy Osiyo local tipi


30-§. Demokratik davlat qurishning shart-sharoitlari


31-§. Fuqarolik jamiyati barpo etish vazifalari


32-§. Tarixiy-islomiy qadriyatlarning hozirgi sharoitlardagi ahamiyati to’g’risida


33-§. O’zbekistonda yaratilayotgan iqtisodiyotning jahoniy koordinatalari


T O’ R T I N CH I BO’ L I M


HOZIRGI DUNYO: GLOBALLASHUV, GLOBAL MUAMMOLAR
VA YANGI JAHONIY SIVILIZATSIYA
SHAKLLANAYOTGANLIGI MASALALARI


VIII BOB. GLOBALLASHUV VA GLOBALMUAMMOLAR


34-§. Globallashuv: mohiyati, mazmuni, yo’nalishlari va oqibatlari


35-§. Hozirgi davrning global muammolari
Har doim va hamma joyda kishilar oldida muayyan muammolar ko‘ndalang
bo‘lib turgan. Bular bir tomondan tabiat stixiyasi, ikkinchi tomondan inson faoliyati
kechishining ayrim jihatlari natijasidir. Ijtimoiy tarix davomida bular nafaqat e’tiborni o‘ziga jalb etib turdi, balki u yoki bu darajada hal etilib ham kelindi.
Hozirgi vaqtda mutafakkirlar va olimlar Yer sayyorasi miqyosida yagona sivilizatsiya qaror topayotganligi xususida tobora ko‘proq gapirmoqdalar. Fan va amaliyotda bu g‘oyaning mustahkam o‘rin olishi bilan «globalizatsiya» atamasi qo‘llanila boshlandi. Globallashuv jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan. Sanoat ishlab chiqarishi anchagina jihatlardan transmilliy korporatsiyalar nazorati
ostidadir. Barcha mamlakatlar amalda yagona bozorga birlashgan desa bo‘ladi. Internet tufayli Sayyoraning istagan joyi tezda turli soha yangiliklari bilan ta’minlanishi mumkin. Ko‘rinadiki, insoniyat «umumiy uy», «Umumiy taqdir» va, albatta, umumiy tashvishlarga ham ega bo‘ldi. Hammadan oldin buni payqagan Arnold Toynbi «XX asrda yalpi jahon tarixi boshlandi», — degan edi.
Hozirgi global muammolar. Globallashuv ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni ham tug‘dirdi. Ularning muayyan qismini «hozirgi davrning global muammolari » deb atash qabul qilingan.
Jahon miqyosida yuz berayotgan global jarayonlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda quyidagilar inson uchun dolzarb muammolar hisoblanadi:
— Yer yuzida yalpi tinchlikni saqlash, termoyadro urushining oldini olish va adolatli xalqaro iqtisodiy tartibot o‘rnatish;
— atrof-muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo);
— aholi soni va tarkibi bilan moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratilishi mutanosibligiga erishish (demografik muammo);
— yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va quvvat manbalari bilan ishonchli ta’minlash;
— ochlik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak rivojlanishdagi va ulardan keyinda qolgan mamlakatlar o‘rtasidagi keskin farqni bartaraf etish;
— xavfli kasalliklarni tugatish;
— inson ma’naviy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiya muammosi) va boshqalar.
Kelib chiqishi, mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko‘ra, global muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchisi — bu kishilar uyushgan jamiyatning tabiati, turli mintaqalar davlatlarining (masalan, Sharq-G‘arb, Janub-Shimol, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar) xilma-xil manfaatlari majmuyi bilan bog‘langan, boshqacha aytganda, baynal ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar tug‘dirgan muammolardir.
Ikkinchi guruhga inson va u mansub bo‘lgan jamiyat tizimida yuzaga kelgan munosabatlarni ifodalaydigan muammolar kiradi.
Uchinchisi o‘z ichiga «jamiyat-tabiat» tizimi doirasidagi munosabatlar tug‘dirgan muammolarni oladi.
Global muammolarning muhim jihatlaridan biri fan-texnika taraqqiyoti bilan aloqadorlikdaligidir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida texnik rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlarni sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Agar insoniyat ajdodlari yozuv ixtiro qilgunga qadar taxminan 3 million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa, undan 5 ming yil keyingina kitob bosishni o‘rgandi. Undan 500 yil o‘tib telefon, radio va televideniyega ega bo‘ldi, an’anaviy eshituvko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun atigi 50 yilcha vaqt kerak bo‘ldi. Bularning natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar kim qanday maqsadlarni ko‘zlasa, o‘shalarga tadbiq etilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqda.
Urush va tinchlik masalari.Tinchlik xalqlar uchun bebaho ne’mat bo‘lganidek, urush ham insoniyatning butun tarixi davomida uning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib keldi. Yozma yodgorliklarning guvohlik berishicha, so‘nggi 6 ming yillik vaqt mobaynida Yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir Urush va tinchlik masalalari
bo‘lgan. Shu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. Amerikalik muallif R.Klarkning «Urush ilmi va tinchlik» kitobida keltirilishicha, 1820—1859-yillarda 92 ta urushda 800 ming (ja’mi aholining 0,1 %i), 1860—1899-yillarda 106 ta urushda 4,6 million (0,4 %), 1900—1949-yillarda esa 117 ta urushda 42,5 million (2,1 %) odam qirilib ketgan.
Bizning davrimizda ham xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar tarkibi, xalqaro siyosat mexanizmi, urushlarga tayyorgarlik ko‘rish mexanizmlari va hokazolar o‘zgarishsiz qolgan.
Matematikaning so‘nggi yutuqlari asosidagi hisob-kitob — modellashtirish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda to‘plangan yadro zaryadlari portlatilsa, Amerika, Yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar yong‘in ostida qolib ketishi, bir oydan so‘ng yer ustidagi atmosfera harorati 15—20 darajada, Sibir markazi va boshqa ayrim mintaqalarda esa, 40—45 darajagacha pasayib, uning aylanishi (sirkulyatsiyasi) mutlaqo o‘zgarishi mumkin. Shimoliy yarim shardan janubga qarab nur o‘tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab oladi. Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi. Ekologiyaviy aloqalar buziladi, hosil halok bo‘ladi. Yer ustida va okeanlarda hayot tugaydi. Bularning hammasi yadro quroli siyosat vositasi va, hatto, urush vositasi ham bo‘lmay, balki insoniyat uchun o‘z-o‘zini halok etish quroli ekanligini ko‘rsatadi.
Global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlarni keskin kamaytirishni taqozo etadi. Negaki, insoniyat 1900- yildan beri harbiy ishga ajratilgan mablag‘larni 30 martadan ko‘proq oshirdi. U 90-yillar boshiga kelib 500 milliard dollarga yetdi. Harbiy va aslaha sanoatida 60 million kishi faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, muntazam qo‘shinlarda 25 milliondan ortiq shaxsiy tarkib, 10 millionlik yarim harbiy muassasalarda ishlovchi 5 million fuqaroviy kasb egasi bor. Bu sohalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida 500 ming kishi bandki, bu dunyodagi olim va muhandislarning qariyb 40 % ini tashkil etadi. Fan rivojlanishiga har yili ajratiladigan harajatlarning beshdan ikki qismi yoki 30 milliard dollardan
ortiqrog‘i harbiy tadqiqot maqsadlariga ketgan.1
Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘lar keltirishi mumkin bo‘lgan ziyon yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda. Jahonda qurollanishga ajratilgan mablag‘larning 80%i shu sohaga sarflanmoqda.
Urush va tinchlik masalalarida AQSHning o‘rni hozirgi vaqtda hal qiluvchi darajaga yetdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari. Sayyorada umumbashariy tinchlikni ta’minlash ehtiyojlari bilan G‘arbning sobiq mustamlaka yoki vassal bo‘lgan 130 dan ortiq mamlakat ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirish vazifalari o‘zaro bog‘liqdir.
Bu mamlakatlarda o‘tmishda xo‘jalik hayoti zo‘rlik bilan o‘zgartirilgani tufayli ko‘pincha turg‘un holda bo‘lgan, qoloq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. Aksariyat rivojlangan davlatlar bularga xomashyo manbayi, salmoqli bozor va kapital chiqarish uchun qulay makon sifatida qaraydilar. Ularning qoloqligini tugatish global
muammo hisoblanadi. Buning uchun hozirgacha va hozirda ham amal qilayotgan xalqaro iqtisodiy tartibotni o‘rnatish zarur bo‘ladi.
Yangi xalqaro iqtisodiy tartibot nafaqat rivojlanayotgan davlatlar uchun, balki sovetlardan keyingi hududlar davlatlari va sobiq sotsialistik mamlakatlar uchun ham zarurdir. Chunki ularning o‘rtacha rivojlanganligi darajasi G‘arbning ilgarilab ketgan industrial mamlakatlariga yetib olishini ta’minlamaydi.
Ma’naviyat sofligini asrash. Hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati, uning sofligini asrash ijtimoiy rivojlanishning ichki jarayonlari tug‘dirgan yana bir global muammo sifatida maydonga chiqmoqda. Gap shundaki, zo‘ravonlik va nafrat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni tobora zaharlamoqda. Buni to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga erishish vazifalari dunyo miqyosida kuch-g‘ayratlarni birlashtirishni taqozo etmoqda.
Ma’naviy muhitni bulg‘ashda keyingi vaqtlarda ayniqsa ichkilikbozlik va bangilikning o‘rni katta bo‘lmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar bu xil moddalarni tarqatganlik uchun og‘ir jazo (masalan, Eron Islom Respublikasida — o‘lim, Fransiyada — 10 yil, AQSHda — 15 yil, voyaga yetmaganlarga bangilik moddalarini sotgani uchun — 30 yildan umrbod muddatgacha qamoq jazosi) belgilanganiga qaramay, aholining muayyan qismida bangilikka ruju qo‘yish avj olgan. Shuning uchun ham BMT darajasida tegishli tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi ommaviy kurashilmoqda. Lekin bangilik moddalarini tayyorlash va sotishdan g‘oyat katta foyda olayotgan korchalonlar bu og‘udan o‘layotganlar soni yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar.
«Eng qadimiy kasb» vorislari ham axloq-odob muammosini keskinlashtirishda o‘z «hissalarini» qo‘shishmoqda. Fahsh sindromi ko‘p mamlakatlarda rivojlanib bormoqda. Shimoliy Yevropada behayo filmlar, adabiyotlar chiqarishdan olinayotgan foyda o‘nlab milliard dollarga yetadi.
Axloqiylik muammosi tarkibida va undan tashqariga chiqadigan hollarda ham terrorchilikning o‘rni alohidadir. Ijtimoiy antogonizm shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan terrorchilikning xillari tobora ko‘payib bormoqda.
Demografik portlash. Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy qoloqlik bilan bog‘liq aholi o‘sishi (melod boshlarida 230 mln., 1830-yilda 1 mlrd., 1910-yilda 2, 1960-yillar boshida 3, 1975-yilda 4, 1985-yilda 5 va hozirgi vaqtda 6 mlrd.)dirki, odamlarni tegishli moddiy vositalar bilan ta’minlash, zarur ma’lumot darajasi, tibbiy
va huquqiy xizmat, tegishli ijtimoiy muhofaza, yosh avlod tarbiyasi va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy va ko‘lamli vazifalarni kun tartibiga qo‘yadi.
Ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus bundan 200 yil avval shunday degan edi: «Ota-onasi farzandining yashashini ta’minlashi uchun zarur kapitalga ega bo‘lmasa, bu farzandning yashashga qanday haqqi bor? Bunday farzand xayr-ehsonga ko‘z tikishi mumkin».
Xavfli kasalliklarning ko’payishi. Aholi ko‘payishini boshqarish va tashkil etish yo‘lga qo‘yilmagan mamlakatlardagi ochlik, oziq-ovqatlar tarkibida oqsillarning kamchilligi ko‘pgina xavfli kasalliklarni keltirib chiqargan.
Ma’lumki, Yer yuzida global miqyosdagi ochlik mavjudligi birinchi marta BMT tomonidan 1950-yilda tan olingan edi.
Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga (yetarli miqdordagi mablag‘ larning ajratilmasligi, malakali kadrlarning yetishmasligi va h.k.) ko‘ra jahon aholisining 40% i vodoprovod suvi, kanalizatsiya va sanitariya xizmatidan foydalanmaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bularning hammasi epidemiyalar tarqalishiga olib keladi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda sil, bezgak kabi kasalliklar keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda bularning yoniga OITS (SPID) ham qo‘shilmoqda.
Kasalliklarning global muammo bo‘lib qolganligi yana shunda ko‘rinadiki, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlarda yurak-tomir, asab-ruhiy, allergik, rak va h.k. xastaliklar ko‘payib bormoqda. Masalan, bu mamlakatlarda yurak-tomir kasali birinchi o‘rinda, rak — ikkinchi o‘rindadir.
Ekologik muammolar. Inson ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining sayyoraviy miqyosdaligi tufayli eng umumiy tarzda quyidagi ekologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:
Sayyoraning genetik boyligini tashkil etgan o‘rmonlar sahni har yili 11 million gektarga qisqarib bormoqda; bu o‘rmonlar biosfera tabiiy vazifalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Yer yuzasining 31 millioncha gektar qismi «kislotali yomg‘irlar»dan zararlangan va bulg‘angan. Tuproq eroziyasi tufayli ekin maydonining 26 mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda; XX asr ikkinchi yarmida «katta qurg‘oqchilik»larning tez-tez bo‘lib turishi natijasida cho‘llar maydoni yiliga 6 million gektarga kengayib, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Sanoatlashgan Yevropa va Shimoliy Amerikadagi minglab suv ko‘llari biologiyaviy o‘lik holga tushgan. Har yili jahon suv havzalariga 32 kub kilometr tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushmoqda. Yer yuzidagi ekologiyaviy o‘zgarishlar oqibatida 2050-yilga borib atmosferadagi o‘rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida o‘simliklarda fotosintez jarayonining qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarning ko‘payishi va h.k. ro‘y berishi mumkin.
Tevarak-atrof muhitning bulg‘anish muammosi bilan birga tabiiy resurslar, birinchi navbatda oziq-ovqat manbalari muammosi ham mavjud.
Xomashyo va quvvatning yangi manbalarini topish. Barcha mamlakatlar quvvatning yangi manbalarini topish zaruriyati oldida turibdi.
Ma’lumki, quvvat resurslari ikki xil — qayta tiklanmaydigan, (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv quvvati, yog‘och va h.k.) bo‘ladi. Shuningdek, quvvat
manbalarini tashqi (Quyosh) va ichki yer osti resurslari (masalan, atom yadrosi) tarzida ham ta’riflash mumkin.
Hozir dunyoda 30 dan ortiq mamlakatlarda atom reaktorlari hisobiga jahon elektr quvvati ishlab chiqarishining 15% i to‘g‘ri kelmoqda. Atom quvvati hosil etish xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. Uning xavfsizligi xususida xilma-xil va qarama-qarshi fikrlar aytilmoqda.
Quvvat muammosining kun tartibida jiddiy turganligi olim va mutaxassislarning quyosh nuridan, yer osti issiqlik manbalaridan foydalanishga yana ham ko‘proq e’tibor berishlarini taqozo etmoqda.
Global muammolarning eng asosiylari tavsiflaridan ham ko‘rinib turibdiki, bunday bo‘hronlarni bartaraf etish nafaqat murakkab, balki bir xil yechimga ham ega emas. Insoniyat bularni hal etish choralarini tinimsiz izlamog‘i lozim. Hozirgi zamon tafakkuri darajasida mulohaza yurituvchi ko‘pgina mutaxassislarning hisoblashicha, global bo‘hronlarni bartaraf etish dastlabki sharti — bu ma’naviy yuksaklik, uning insoniylashgani bo‘ladi. Zamonaviy insonparvarlik eng kamida uchta asosga: globallashuvni anglashga, zo‘ravonlikdan voz kechishga va adolatlilikka tayanadi. Bularning hammasi inson huquqlarini tan olishga va insoniyatning yaxlit ma’naviy-axloqiy takomili tizimini yaratishga borib taqaladi.
Xalqaro kuch-g‘ayratlarni birlashtirish global muammolarni hal etishning muhim omili hisoblanadi. Shu yo‘l bilan savdoni rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash mumkin.
Global muammolar xalqlar, mamlakatlarning xususiy va umumiy manfaatlari bilan aloqador Rio-de-Janeyroda 1992-yili bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ham alohida ta’kidlangan edi. Davlatlar va hukumatlar boshliqlari ishtirokida o‘tgan bu anjumanda «barqaror rivojlanish konsepsiyasi» qabul qilinib, unda ijtimoiyiqtisodiy
muammolarning yechimini atrof-muhitni himoya qilish, hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini qondirishni kelajak avlod uchun ham shunday imkoniyatlar qoldirish bilan qo‘shib olib borish ko‘rsatib o‘tildi.



Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling