29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi 7-sinf zoologiya darsligi asosida


Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar umurtqa pog‘onasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi


Download 9.04 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi9.04 Kb.
#1575194
1   2   3
Bog'liq
29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi 7-sinf zoologiya-azkurs.org

Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar umurtqa pog‘onasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi.


  • Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar umurtqa pog‘onasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi.

  • Bosh skeleti bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat.

  • Skelet muskullar uchun tayanch, ichki organlarni himoya qilish vazifasini bajaradi.

  • Muskullari baliq terisi ostida joylashgan bo‘lib, suyaklarga birikkan. Muskullarning qisqarishi va bo‘shashishi tufayli baliq tanasini egib harakatlanadi. Baliqlar gavdasining orqa tomonida va dumida joylashgan muskullar kuchli rivojlangan.

Suzgich pufagi qorin bo‘sh lig‘ida ichagining ustida joylashgan. Pufak o‘rtasidan tortilib ikkiga bo‘lingan, gaz bilan to‘lgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgich pufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan bo‘ladi. Tuxumdan chiqqandan 2–3 kun o‘tgach, lichinka suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to‘ldirib oladi.


  • Suzgich pufagi qorin bo‘sh lig‘ida ichagining ustida joylashgan. Pufak o‘rtasidan tortilib ikkiga bo‘lingan, gaz bilan to‘lgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgich pufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan bo‘ladi. Tuxumdan chiqqandan 2–3 kun o‘tgach, lichinka suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to‘ldirib oladi.

  • Pufak yuzasi kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Baliqning suv yuzasiga ko‘tarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Suzgich pufagining kengayishi qondan ajralib chiqadigan gazlarning pufakni to‘l dirishi bilan bog‘liq. Pufak gazga to‘lganida baliq yuqoriga ko‘tariladi. Gazlar pufakdan ingichka nay bilan ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga chiqqanida pufak puchayadi. Tanasi birmuncha og‘irlashgan baliq suv tubiga tushadi. Suzgich pufagining hajmi o‘zgarmasa, baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi.

  • Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan rezonator vazifasini ham bajaradi. Bu esa tovushni yaxshiroq eshitish imkonini beradi.

Savol va topshiriqlar


  • Baliqlarning tana shakli yashash muhitiga qanday moslashgan?

  • Baliqlarning suzgichlari qanday tuzilgan?

  • Baliqlar terisi qanday tuzilgan?

  • Baliqlar umurtqa pog‘onasi qanday tuzilgan?

  • Suzgichlar skeleti qanday tuzilgan?

  • Suzgich pufagi qanday tuzilgan?


http://azkurs.org
Download 9.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling