29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi 7-sinf zoologiya darsligi asosida


Download 9.04 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi9.04 Kb.
#1575194
1   2   3
Bog'liq
29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi 7-sinf zoologiya-azkurs.org

Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o‘zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq o‘sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqar adigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.


  • Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o‘zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq o‘sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqar adigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.

  • Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog‘liq. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko‘pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o‘xshash to‘q yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi. Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan qaralganda suv qatlami ning oqish rangidan ajratib bo‘lmaydi. Gavda rangi atrof-muhitga mos bo‘lganida hayvonlar yirtqichlar ko‘ziga tashlanmaydi. Bu hodisa himoya rangi deyiladi. Siz o‘tgan darslardan hasharotlar himoya rangiga ega bo‘lishini bilasiz.

Skeleti. Zog‘ora baliq skeleti asosini tana bo‘ylab o‘tadigan umurtqa pog‘onasi tashkil etadi. Umurtqa pog‘onasi chala harakatchan birikkan 39–42 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg‘alar birikadi. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovur g‘alar bo‘lmaydi; ular ostida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Baliq umurtqa pog‘onasi kalla suyagi bilan ha rakatsiz bi rikkan.


  • Skeleti. Zog‘ora baliq skeleti asosini tana bo‘ylab o‘tadigan umurtqa pog‘onasi tashkil etadi. Umurtqa pog‘onasi chala harakatchan birikkan 39–42 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg‘alar birikadi. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovur g‘alar bo‘lmaydi; ular ostida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Baliq umurtqa pog‘onasi kalla suyagi bilan ha rakatsiz bi rikkan.

Download 9.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling