29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Download 1.58 Mb.
bet9/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi;
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati;
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa;
16 sonli BHXS(IAS) “Asosiy vositalar” deb nomlangan Buxgalteriya hisobining xalqaro standartida asosiy vositalarni baholashda quyidagicha qiymatlaridan foydalanadi:
Balans qiymati – bu har qanday jamg‘arilgan eskirish va yig‘ilgan qadrsizlanish bo‘yicha zararlar chegirib tashlanganidan so‘ng aktivning tan olinadigan summasidir.
Tannarx – bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to‘langan pul mablag‘i yoki pul mablag‘i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa BHXSlarning, masalan BHXS 2 “Aksiyaga asoslangan to‘lov”ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat – bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o‘rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Eskirish – bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Tadbirkorlik sub’ektiga xos qiymat - bu tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan chiqarishdan yoki majburiyat so‘ndirilganida kutiladigan pul oqimlarining keltirilgan qiymatidir.
Joriy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo‘lgan yoki majburiyatni o‘tkazishda to‘lanishi mumkin bo‘lgan narxdir. (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ga qarang).

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling