Асосий воситалар ҳисоби
Download 221.76 Kb.
|
MH 7-mavzu AV hisobi
Асосий воситалар ҳисобиASOSIY VOSITALAR KIRIMINI HISOBGA OLISH
Asosiy vositalar qiymati korxona balansiga: a) kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan obyektni qabul qilish-topshirish; b) obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xarid qilish; v) ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari; g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha); d) ayirboshlash; e) tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish; j) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish; z) qiymati aniqlab bo‘lingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar; i) ortiqcha (hisobga olinmagan) asosiy vositalarni aniqlash; k) xo‘jalik jamiyatining ta’sischilari tarkibidan chiqayotganda yoki tugatilayotgan xo‘jalik jamiyatining mulki ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanayotganda asosiy vositalarni olish; l) asosiy vositalarga mulkka egalik, xo‘jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqini qo‘lga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki hodisalar natijasida kiritiladi. Asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Korxonaning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb mazkur asosiy vositalarni barpo etish (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi. Aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uning tegishli ishini tekshirish jarayonida olingan mahsulot realizatsiya qilishning sof qiymati bo‘yicha kirim qilinadi va asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati shakllantirishda kapital qo‘yilmalar summasidan ayriladi. Chet el valyutasida xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi O‘zR Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek 5-sonli BHMSning 11-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, aniqlanadi. Korxona ustav kapitaliga ulush hisobidan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi tan olinadi. Xo‘jalik jamiyati ta’sischilari tarkibidan chiqqanda yoki tugatilayotgan xo‘jalik jamiyatining mulki ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanganda kelib tushgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati bo‘lib asosiy vositalarning qabul qilingan qabul qilish-topshirish hujjatlarida mazkur standartning 11-bandida ko‘zda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan qiymat tan olinadi. Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb 5-sonli BHMSning 11-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi. Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan obyektlarning boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadigan ularning ishlab chiqarish tannarxiga teng bo‘ladi. Tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan (tayyor mahsulotdan tashqari) asosiy vositalarga o‘tkazilgan obyektlarning boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga muvofiq belgilanadigan ularning balans qiymatiga teng bo‘ladi. Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar asosiy vositalardan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy naf oshganda ularning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajatlar sifatida tan olinishi lozim. Asosiy vositalarni qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirishga xarajatlar, ular tugatilganidan so‘ng, agar ular natijasida asosiy vositalar ishlatilishining dastlab qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari (foydali xizmat muddati, quvvati, qo‘llash sifati va h.k.) yaxshilansa (oshsa), bunday obyektning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Asosiy vositalarni ishlash holatida saqlab turish ularni ta’mirlash (joriy, o‘rtacha va kapital tarzda) orqali amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlash — asosiy vositalarni ishlash holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. O‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qismlarga qisman ajratish va detallarning qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash — agregatni qismlarga to‘liq ajratib amalga oshiriladigan ta’mirlash, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki qayta tiklash, agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir. Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash — bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, detallar va uzellarning barcha eskirgan konstruksiyalarini almashtirish yoki qayta tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. Obyektni ishchi holatida tutib turish va undan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy nafning dastlabki belgilangan summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davridagi xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turishga doir xarajatlar (texnik ko‘rikdan o‘tkazish va holatini yaxshilashga oid xarajatlar) hamda ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlanishini (joriy, o‘rtacha, kapital tarzda) o‘tkazish xarajatlari mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalari bo‘yicha esa — davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Download 221.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling