29-mavzu. “Kasb bayrami”


Download 285.51 Kb.
bet3/3
Sana02.02.2023
Hajmi285.51 Kb.
#1147347
1   2   3
Bog'liq
Matn Matnni tuzilishi Kasbiy sohaga oid matn asosida tahlil

Maslahatlar:

  • · Rezume iloji boricha bir varoqdan oshmasligi kerak.
  • · Har bir ishga topshirganda alohida rezyume yozish maslahat beriladi. Rezyumeda asosan topshirilayotgan ishga taaluqli ma’lumotni kiritish kerak. Buning uchun topshirayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab o'rganib chiqing va tashkilotni o'zini ham o'rganishga harakat qiling.
  • · Tug'ilgan yili, jinsi va millatini yozish shaxsning o'ziga bog'liq. Ba’zida ish beruvchi tomonidan shu ma’lumotlar asosida farqlash va diskriminatsiya qilish hollari ham uchragan, shuning uchun ko'plab tashkilotlar bunday ma’lumotni majburiy ko'rmaydilar.
  • ·Ba’zilar rezyumega o'z rasmlarini ham qo'shadilar. Rasm qo'shish ixtiyoriy.
  • · Agar shaxsiy vebsaytingiz bo'lsa, uni ham qo'shing. Ba’zi mutaxassislar, ayniqsa disayner va rassomlar, o'zlarining ishlarini ko'rsatish maqsadida tashqi saytda joylashgan manzillarni qo'shishlari ham mumkin.
  • · Agar ishga topshiruvchi hozirda talaba bo'lsa, unda kutilayotga bitirish sanasini ko'rsatish kerak.
  • · Agar talabalik davrida biror qo'shimcha tajriba orttirilgan bo'lsa, shuni ham yozib o'tish tavsiya etiladi. Masalan: universitet qoshidagi gazetaga muharrirlik qilgan; yoki “Yosh lider” talabalar tashabbusini boshqargan. Ishga topshiruvchining tajribasi uncha ko'p bo'lmasa shu kabi ishlarni hamIsh Tajribasi bo'limida sanab o'tish mumkin.
  • ·O'rta maktab ta’limi to'g'risidagi ma’lumot ham ba’zida so'ralishi mumkin. Shunda o'qigan yillari, maktab nomi va/yoki soni va manzili yozilishi kerak.
  • · Agar shaxsning tajribasi ko'p bo'lsa va ko'p joyda ishlagan bo'lsa oxirgi 5 yillik yoki oxirgi 5 ta ish joyini to'liq ko'rsatib o'tib, qolganlarini qisqacha sanab o'tsa ham bo'ladi.
  • ·Tajribani yozganda topshirilayotgan ishga taaluqli vazifa va funksiyalarni sanab o'tish ma’qul. Agar imkoniyat bo'lsa, aniq ma’lumot berib o'tgan yaxshi. Masalan, seminar-trening mutaxassisi lavozimiga ishga topshirayotgan bo'lsangiz unda oldin qanday mavzudagi treninglarni tashkil qilganingiz, trening kimlar uchun va qanday tashkil qilinganligi to'g'risida yozsangiz shu kabi ma’lumot ishga oluvchi uchun muhimroq bo'ladi.

Download 285.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling