29-Mavzu: Zamonaviy avtomobil va traktorlarning rivojlanish istiqbollari Reja


Download 27.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi27.67 Kb.
#1463779
  1   2   3   4
Bog'liq
29-mavzu



29-Mavzu: Zamonaviy avtomobil va traktorlarning rivojlanish istiqbollari 
 
Reja: 
 
1. Zamonaviy avtomobillarning kuzovidagi yangiliklar. 
2. Zamonaviy avtomobillarda ABS tizimi. 
3. Zamonaviy avtomobillarda yangi turdagi IYoD. 
Zamonaviy avtomobillarning kuzovidagi yangiliklar. 
Zamonaviy avtomobillarni ko‘plab ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda, asosan karkassiz 
kuzovlar qo‘llaniladi. Bunda uning bikrligi va mustahkamligi listli po‘latdan qilingan ikki
devorli qobirga yoki listli po‘latdan yasalgan o‘zak kiritilishi bilan puxtaligi ortadi. 
O‘ta qulaylikka ega bo‘lgan va katta quvvatli dvigatel o‘rnatilgan avtomobillar odatda 
ramali kuzovga ega bo‘ladi. Rama agregatlarni va kuzovni mahkamlash uchun xizmat qiladi.
Kuzov ramaga elastik qismlar yordamida biriktirilganligi uchun avtomobilning yurish qulayligi 
va barqarorligi oshadi, shovqin hamda yo‘ldan g’ildirak orqali uzatilayotgan turtkilarni 
kamaytiradi.
Audi R8 avtomobil kuzovining umumiy tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. Bu kuzov 
ko‘tarib yuruvchi ramasiz konstruksiyaga ega bo‘lib, faqat metalldan yaxlit qilib yasaladi. 
Kuzovning korpusiga o‘rnatilgan panellar va pol, ko‘ndalang to‘sigi vapolning asosi, panelli
tomi hamda orqa qismidagi panellar qanotchalar vazifasini o‘taydi. Shuningdek, g’ildirakning 
sachrash to‘siqlari (brizgoviklari) va ko‘ndalang to‘siqdan iborat. Bularni yaxshi va puxta 
o‘rnatish uchun kuchaytirgich qismlar va mahkamlovchi bir qator detallar majud. Kuzovning 
barha panellari va quchaytirgich qismlari payvandlab biriktiriladi. Bu qismlarning o‘zgaruvchan 
yuklanish bilan zo‘riqib ishlaydigan joylari yetarli darajada qalinroq varaqali po‘latdan
tayyorlanib, yetarli darajada puxta qilingan. Kuzov konstruksiyasi shovqin va titrashni 
kamaytiradiganhamda issiqlikni kam o‘tkazadigan materiallar bilan jihozlangan. 

Download 27.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling