1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


Download 96.1 Kb.
bet1/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)



1-MAVZU; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi
REJA ;
1.Shaxs va davlat o‘zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asosi
2. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mamlakat mustaqilligining huquqiy asosi
3. Huquqiy madaniyat hamda uning shaxs va davlat bilan uzviy bog‘liqligi

Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.


Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, mansabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda. 93-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.
1-topshiriq. Kun davomida nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni eslang: maktabga borasiz, ta’lim olasiz, maktabning ijtimoiy hayotida (sport va boshqa to‘garaklarda) qatnashasiz, uyga qaytasiz. Qanday hollarda davlat bilan munosabatlarga kirishishingizni sanab o‘ting va bu sizga shaxsan qanday ta’sir ko‘rsatishini ayting.

Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling