1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 96.1 Kb.
bet7/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

2.Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


3 .Ma’muriy huquq manbalari


Ma’muriy huquq — davlat boshqaruvijarayonida vujudga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog‘i. Avvalam bor bu ijroiya hukumati tomonidan davlatning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha funksiya va vazifalarini bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv munosabatlaridir. Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy huquq normalari va institutlarini birlashtiradi. Ma’muriy huquq quyidagi munosabatlarni tartibga soladi: — tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga
bo‘ysunadigan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar); — bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat idoralari (ikki vazirlik, ikki hokimlik); — davlat idora organlari va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; — davlat idora organlari va birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar; — davlat idora organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar.
Ma’muriy huquq manbalari sirasiga: — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; — Konstitutsiyaviy qonunlar; — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining yo‘riqnomalari, nizomlari; — mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI
Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, madaniyat va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chetelliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi
Davlat hokimiyatining oily idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qabul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxonalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari kiradi. Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqaradi. Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo. Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kiradi, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati bo‘lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi. Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va hokazolar katta ahamiyatga
ega. Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida bajaradilar.Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi fuqarolar uchun majburiydir.
Tamoyil Mazmuni ;
1 Qonuniylik Davlat, uning idoralari, mansabdor shaxslar, fuqarolarning jamoatchilik birlashmalari o‘z faoliyatlarini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirishlari lozim.
2 Fuqarolarning qonun oldida teng huquqliligi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida teng huquqlidirlar.
3 Demokratiya Fuqarolarning jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi.
4 Gumanizm (insonparvarlik) Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning obro‘-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi daxlsizligini hurmat qilishdir.
5 Adolat Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, xolis va beg‘araz munosabatda bo‘lish.
6 Ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan bironta shaxs javobgarlikka tortilmay qolmaydi
Huquqshunoslik fanida jazoning muqarrarligi aytilgan.Bu narsa har qanday huquqbuzarlik huquqiy javobgarlik bilan bog‘langanini anglatadi.Shuning uchun huquqning har bir sohasi, jumladan ma’muriy huquq ham belgilangan qoidalarni buzganlik uchun qonuniy javobgarlik choralarini nazarda tutadi. Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquqbuzarlikni ogohlantirish va uning oldini olishdan, balki insonni tarbiyalash, unga noqonuniy xatti-harakatining xavfini anglashiga ko‘mak berishdan ham iboratdir.



Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling