MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI: — ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar; — tuman markazidan olisda joylashgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari qoshidagi ma’muriy komissiyalar; — voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari; — ichki ishlar idoralari; — Mudofaa vazirligi idoralari; — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari; — davlat yong‘in nazorati idoralari va boshqalar kо‘rib chiqadilar. Quyidagi harakatlarni ko‘rib chiqib, ulardan qaysi biri nojo‘ya harakat, qaysi biri jinoyat ekanini aniqlang: 1. O‘spirin poyezd yaqinlashayotganda temiryo‘lga ikkita tormoz boshmog‘ini qo‘ydi.
2. Ikki o‘spirin o‘tib ketayotgan poyezd derazalariga tosh otib o‘ynashardi.
3. O‘spirin maktab ustaxonasidan shaxsiy buyumlarni o‘g‘irladi
4. Maktab o‘quvchilari uy devoriga bo‘yoq sepib tashladilar va derazani sindirdilar.
5. Tezlikni oshirib kelayotgan fuqaro odamni urib ketdi va unga yordam bermay voqea joyidan qochib ketdi
Mustahkamlash uchun savollar
1. Ma’muriy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi? 2. Ushbu huquq sohasi bilan qaysi tamoyillar birikadi? 3. Siz davlat boshqaruvining qanday markaziy va mahalliy idoralarini bilasiz?
4. Ma’muriy huquqbuzarlik mohiyatini tushuntiring. 5. Nojo‘ya harakat jinoyatdan nima bilan farqlanadi?
6. Ma’muriy kodeksda jazolarning qaysi turlari nazarda tutilgan?
6-MAVZU; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi
Reja;
1.Fuqarolarning huquqiy holati
2. Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar
3.O‘zbekiston respublikasi qonunlarida inson va fuqarolarning himoya qilinishi
Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy hisoblanadi. Fuqarolik jismoniy shaxslar va davlat o‘rtasida barqaror siyosiy-huquqiy aloqalar mavjudligini anglatadi. Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi. Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda yashaydigan hamma odamlar ham uning fuqarolari hisoblanmaydi. Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ma’lum hayotiy holatlardan kelib chiqib, vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan odamlar ko‘plab topiladi. Bu toifaga xorijiy fuqarolar hamda boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlay olmaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Biroq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishmasa ham, bu shaxslar uning qonunlariga rioya etishlari, Konstitutsiyada, qonunlarda va xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni bajarishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |