1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY TAMOYILLAR


Download 96.1 Kb.
bet5/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY TAMOYILLAR
Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun–mohiyatini anglash borasida konstitutsiya tomonidan o‘rnatilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy huquq tizimining asosi hisoblangan tamoyillarning ahamiyati, avvalo, ularning mazmunida umuminsoniy qadriyatlarning yotganligi, xalqaro umum e’tirof etilgan qoidalarning ustuvorligi asosida yaratilganligi va ular o‘z navbatida milliy huquq tizimining poydevori bo‘lib xizmat qilishi bilan ifodalanadi. Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon bo‘ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o‘zida ifoda etadi. Birgina «davlat tuzumi» yoki «konstitutsiyaviy tuzum» deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy tushunchalarni qo‘llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg‘ab olish qiyin emas. Agar «davlat tuzumi» tushunchasining zamirida davlat manfaatlari yoki davlat hokimiyatining ustuvorligi kabi g‘oyalar mujassam bo‘lsa, «konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi asosan konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligi, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini namoyon etadi va shu orqali konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat himoya qilinayotganligi ko‘proq anglanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aniq ishlab chiqilgan tuzilmasi bilan ajralib turadi. Uning tuzilmaviy qismlariga muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 modda kiradi. Konstitutsiyamizning kirish qismi — muqaddimada O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini nazarda tutishi ko‘rsatilgan. Birinchi bo‘lim normalarida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatdagi umum tan olingan prinsiplari va xalqaro huquq normalari asosiy tamoyillar sifatida qayd etiladi. Ikkinchi bo‘lim normalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini tartibga soladi. Uchinchi bo‘lim normalari jamiyat va shaxs munosabatlarining xususiyatlarini ochib beradi. To‘rtinchi bo‘lim normalari davlatimizning ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishini belgilaydi. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘lim normalarida tartibga solinadi. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi oltinchi bo‘lim normalarida ko‘rsatiladi.

Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling