Toshkent shahar tumanlararo ma’muriy sudiga


Download 19 Kb.
Sana20.07.2023
Hajmi19 Kb.
#1661253
Bog'liq
ariza. J. Soliyev


Toshkent shahar tumanlararo ma’muriy sudiga
Da'vogar: Soliyev Jamshid Javlon o‘g‘li
Toshent shahar, Yunusobod tumani,
Amir Temur koʻchasi, 89b-uy.
Tel: 99/000-00-00
Javobgar: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB
Toshkent shahar, Yunusobod tuman boʻlimi.
Toshkent shahar, Qoratosh koʻchasi, 44-uy. №100022
Manfaatdor shaxs: Joʻrayeva Zinnura Saidmurod qizi
Sergeli tumani, Sergeli -5 mavzesi, 41-uy, 5-xonadon.
ARIZA
Sizga murojaat qilishimdan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Toshkent shahar, Yunusobod tuman boʻlimi ijro varaqasiga asosan menga nisbatan 19.08.2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqida qaror chiqargan.
“Hozirda FIB sudining qaroriga asosan farzandlarim uchun toʻlanishi kerak boʻlgan aliment pulini toʻliq toʻlab kelyapman, bu haqida 24.01.2023 yildagi MIB Yunusobod tuman boʻlimi ma’lumotnomasi mavjud. Hozirda salomatligim yaxshi emasligi sababli, horijda doimiy davolanishga majbur boʻlyapman, bundan tashqari horij davlatlaridagi korxonalar bilan tadbirkorlik faoliyati olib borayotganligim sababli, horij davlatiga chiqishim zarur boʻlmoqda, MIB Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan menga nisbatan qoʻyilgan taqiqni yechilishini soʻrab murojaat qilganimda tegishli tartibda ma’muriy sudga murojaat qilishim tushuntirildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizdan
Sudga murojaat qilish muddatini tiklashingizni;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Toshkent shahar, Yunusobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi R.R. Niyozov tomonidan 19.08.2020 yilda menga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishni vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorini haqiqiy emas deb topishingizni;
Yunusobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi R.R.Niyozov tomonidan 24.01.2020 yilda menga tegishli boʻlgan 01 C 808 BB avtotransport vositasiga nisbatan qoʻyilgan taqiqni haqiqiy emas deb topishingizni (bekor qilishingizni) soʻrayman.
Ilova: ishonchnoma, advokatlik orderi, passport nusxasi, Yunusobod tumani MIB qarori va ma’lumotnomasi nusxasi.

__________ J.J.Soliyev
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling