07:18… Hikmatlar durdonasi… Jaloliddin Rumiy hikmatlari…
Qalb
oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.
Sabr
– insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.
To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga
o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi.
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan
chiqadi.
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va
harakat
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo,
insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan
– so‘zdir
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi.
Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda
oddiydir
Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs
aqlni yeydi.
07:20… Motsart musiqalarining biri
07:25… Qadrli
tinglovchi, yaqin daqiqalar ichida siz bilan “Talaba radiosi”
eshittirishi tonggi dasturi bo’ldi. Kuningiz xayrli, mazmunli o’tsin. Sizga esa yaxshi
kayfiyat hamrohligini tilab dasturni yakunlayman. Ishlaringiz,o’qishlaringizga
omad. Omon bo’ling, kechki suhbatda ko’rishguncha.