29. v04. 2022 Mavzu: Ota – onaga qanday munosabatda bo`lish kerak. Ta’limiy
Download 19,42 Kb.
|
omonat 25.042022
29.v04.2022 Mavzu: Ota – onaga qanday munosabatda bo`lish kerak. Ta’limiy:O’quvchilarga ota – ona hurmat qilish haqida tushuntirish. Tarbiyaviy: ota-ona kattalarga merhribonchilik qilish, hurmatda bo’lishni o’rgatish Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning tez va ifodali ongli o’qishni rivojlantirish Ota - ona – eng yaqin va qadrdon insonlar. Biz ularni juda sevib qadrlaymiz, o`z navbatida ular ham bizlarni har doyim qanday vaqt va vaziyatda bo`lishidan qatiy nazar juda sevadilar. Tug`ilishimizdan ota onamiz bizni himoyalab keladi, salomatligimiz, to`g`ri ovqatlanishimiz va har tomonlama rivojlanishimiz haqida g`amxo`rlik qilishadi va sharoit yaratib berishga harakat qilishadi. Agar bola xafa bo`lsa yoki u zerikib qolsa, kimdir uni xafa qilgan bo`lsa, yoki u yiqilgan va biron joyi lat egan bo`lsa, yordamga birinchi navbatda tasalli beradigan va ovitadigan ota onasi kelishadi. yillar o`tib boradi. Bola ulg`ayadi, bog`chaga boradi, keyin maktab, keyin kolledj yoki institut, kun sayin ulg`ayib mustaqil bo`lib boradi. Eng muhumi esa, u o`z ota onasidan o`zoqlasha boshlaydi, o`z sirlari va muommalari barchasi bilan bo`lishmaydi, kamdan kam yordam yoki maslaxat so`raydigan bo`lib boshlaydi. Mana shu vaqtlarda bola va ota ona orasida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bunday vaziyatlarga tushub qolmasligimiz uchun, o`zimizni qanday tutishimiz lozim?
O`ylab ko`ring, ko`pchilik hollarda ota onaning shikoyatlari asosli va o`rinli bo`ladi, shunday emasmi? Xech birimiz ideal emasmiz, barchamiz ham xato qilamiz. Ota onamiz esa bunga ko`proq e`tibor berishadi xolos. Eng muhumi, hech qachon esingizdan chiqarmang, ota - onangiz bilan qanday munosabatda bo`lishingizdan qattiy nazar, siz uchun ulardan yaqin inson yo`q. Ularga yon bering, hech qachon baxslashishga intilmang, yumshoq muomilada bo`ling, nimadir sizni bezovta qilayotgan bo`lsa uni hotirjamlik bilan tushuntirishga harakat qiling va sizning oilangizda tinchlik va osonishtalik qayta tiklanadi. Download 19,42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling