Cucumis sativus bir yillik, oʻt oʻsimlik. Vatani
Download 244.59 Kb.
|
BODRING
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHUKURALIYEVA SHOXISTA 20-57 S GURUX TALABASI
Bodring – (lotincha: Cucumis sativus) bir yillik, oʻt oʻsimlik. Vatani — Hindiston,[1][2][3] ammo hozir dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yetishtiriladi. Issiqsevar oʻsimlik xisoblansada, vegatasiya davrining qisqaligi sababli er kurrasining shimoliy oʻlkalarida ham etishtiriladi. Oʻzbekistonda sabzavot ekini sifatida keng ekiladi, etishtirish maydonlari boʻyicha pomidor, piyoz, sabzi, oq bosh karam sabzavotlaridan keying oʻrinda turadi. Oʻzbekistonda taxminan 8000-10000 gektar maydonda etishtiriladi. Poyasi er bagʻirlab oʻsivchi, palakli oʻsimlik, gajaklari oddiy. Oʻsimligi 4-5 ta barg xosil qilgach, erga yotib, yoyilib palak otadi yoki gajaklari yordamida atrofdagi narsalarga chirmashib oʻsadi. Poyasi shoxlanuvchan, yomoloq, yumoloq-qirrali yoki qirrali, tuklar bilan qoplangan boʻladi. Asosiy poya, soʻngra uning barg qoʻltiqlaridan birinchi tartibli va ikkinchi tartibli yon shoxlar hosil boʻladi. Bodring oʻsimligi naviga, oziqlanish maydoni va haroratga bogʻliq xolda sust, oʻrtacha va kuchli shohlanuvchan boʻladi. Shoxlanish turiga qarab bodring navlari bir poyali, kuchli- (yon shoxlari 8 dan koʻp), oʻrtacha- (5-8 tagacha yon shoxlar) va sust- (1-4 tagacha yon shoxlar) shoxlanuvchan poyali navlarga boʻlinadi. Poyaning uzunligi nav va etishtirish shart-sharoitlariga qarab belgilanadi: ochiq maydonda asosiy poya 1-1,5 metr, qulay sharoitlar tugʻilganda 3 metrgacha, issiqxonalarda 5 metrgacha oʻsadi.
Tuzlangan bodringlar butun immunitet tizimini himoya qiladi va mustahkamlaydi. Ichak florasini tartibga soladi va immunitetni mustahkamlaydi. Organizmni chidamli qiladi. Immunitetimiz ichak salomatligimiz bilan chambarchas bog'liq. Shunday qilib, sog'lom ichaklar immunitet tizimi hujayralarini qo'llab-quvvatlab, organizmni chiniqtiradi. Tarkibidagi tolalar va probiyotiklar tufayli tuzlangan bodringlar bilvosita ichak sog'lig'ini himoya qilish orqali shamollash va gripp kabi mavsumiy kasalliklarni yengishimizga yordam beradi. Bundan tashqari, tuzlangan bodring tarkibidagi sirka tufayli, oshqozon va ichakda paydo bo'ladigan kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo'q qilish qobiliyatiga ega. Tuzlangan mahsulotlar B guruhi vitaminlariga hissa qo'shadi. B vitamini asab tizimini himoya qilish va xotirani mustahkamlashga yordam beradi, shu bilan birga depressiyadan himoya qilishda rol o'ynaydi. Shuningdek, u uglevod va yog' almashinuvida ham rol o'ynaydi. SHUKURALIYEVA SHOXISTA 20-57 S GURUX TALABASI Download 244.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling