29 variant Maxmadaminov Jasur


Download 38.92 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi38.92 Kb.
#1049738
Bog'liq
29 variant Maxmadaminov Jasur


29 variant Maxmadaminov Jasur
29-variant
1. Shaxsiy sug’urtaning kelib chiqish tarixi qanday.
2. Shaxsiy sug’urtaning qanday majburiy turlari mavjud.
3. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining qaysi moddasida shaxsiy sug’urta xususida nimalar deyilgan.

I)Shaxsiy sug‘urta– baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga shikast yetkazilishi bilan bog‘liq ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu ma’noda, shaxsiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir.


Shaxsiy sug‘urtaning, xususan uning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtasining joriy etilishi bir necha asrlik tarixga ega. 1541 yilda Yevropada mavjud bo‘lgan dengiz huquqi qoidalariga ko‘ra, kema egalari shu kema kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashlari shart bo‘lgan.
Shaxsiy sug‘urtaning ba’zi belgilari qadimgi rimliklarga ham ma’lum bo‘lgan. O‘sha paytda Diana va Antoni muxlislarining diniy jamiyati bo‘lgan. Unga a’zo bo‘lib kirgan shaxslar a’zolik badalini to‘lashgan. Jamiyat a’zolaridan vafot etganda uni ko‘mish bilan bog‘liq xarajatlar jamiyat hisobidan amalga oshirilgan va hatto, pul mablag‘larining muayyan qismi vafot etgan shaxsning merosxo‘rlariga berilgan.
1699 yil Angliyada shaxsiy sug‘urta bilan shug‘ullanadigan dastlabki sug‘urta tashkiloti barpo etilgan va u avvalo beva ayollar hamda yetim bolalarni sug‘urtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning nomi “Ekvatebl” deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak sinishi holatlaridan himoyalash bo‘yicha o‘zaro yordam uyushmalari tashkil etilgan. 1849 yili Angliyada temir yo‘llarda baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki «Railway Death Rassengers Company» nomli sug‘urta kompaniyasi tuzildi.
Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy sug‘urta – bu inson hayotiga, uning mehnat qobiliyati va salomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan himoyalanishning muhim shakli.
Hozirgi paytda shaxsiy sug‘urta sug‘urta faoliyatining yirik tarmog‘i sifatida jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlariga nisbatan yuqori salmoqqa ega. Masalan, AQShda jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmida shaxsiy sug‘urtaning hissasi 50,0 foizdan yuqoridir.
O‘tgan asrning boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududida Rossiya sug‘urta tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatgan va ular aholiga shaxsiy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishgan.
1917 yildan 1990 yilgacha mamlakatimizda shaxsiy sug‘urtalash ishlari davlat sug‘urta organlari (Gosstrax) tomonidan amalga oshirilgan. Ana shu davrda sug‘urta shartlari, qoidalari va tariflari markazda-Moskvada ishlab chiqilar va aksariyat hollarda mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olinmas edi.
1991 yilda O‘zbekistonning o‘z siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini qo‘lga kiritishi hayotimizning barcha jabhalari qatorida sug‘urta sohasini ham bozor munosabatlari tamoyillariga mos ravishda rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. To‘g‘ri, mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotda ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar qisqa muddat bo‘lsada pulning qadrsizlanishiga, pirovardida, aholi turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi. Shubhasiz, bu holat shaxsiy sug‘urtaning aholi o‘rtasidagi ommaviyligiga putur yetkazdi. Natijada, bu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari soni va sug‘urta mukofotlari miqdori kamaydi. Masalan, 1993 yilda shaxsiy sug‘urtaning alohida turi bo‘lgan hayot sug‘urtasi bo‘yicha jami 1770356 dona shartnoma tuzilgan holda bu ko‘rsatkich 1994 yilda 406864 donaga kamaygan.
Bunday salbiy vaziyatni oldini olish va aholining shaxsiy sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonotlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida” 1995 yilning 20 dekabrida PF № 1327-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga muvofiq, 1996 yildan boshlab aholining 1992 yil 1 yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra va 1996 yil 1 yanvargacha amalda bo‘lgan Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi muassasalarida turgan hayotni, bolalarni sug‘urta qilish, nikoh kunida beriladigan uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari to‘lovlarini bosqichma-bosqich indeksatsiya qilish maqsadga muvofiq deb topildi. Davlat sug‘urta muasasalari tomonidan 1996 yilning 1 yanvaridan 1 iyuligacha bo‘lgan muddatda fuqarolarning 400,0 mingdan ziyod shartnomalari indeksatsiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining 921-moddasida aks ettirilgan. Unga ko‘ra, shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘ligiga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqt-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi. Shuningdek, kodeksda shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi, deb ko‘rsatilgan.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:
- sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;
- sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
- sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
- sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;
-shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
II)  Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi:
·yo‘lovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash;
·soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi;
·O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi.
Majburiy sug’urtaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda 2008 yil 21 aprelda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishto’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonun 41 ta moddadan iborat bo’lib, unda mazkur qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, majburiy sug’urtaning asosiy printsiplari, majburiy sug’urtani amalga oshirish shartlari va tartibi, sug’urta hodisalari bo’yicha zararning o’rnini qoplash, kompensatsiya to’lovlari, majburiy sug’urta bo’yicha to’lovlarni kafolatlash kabi boblar mavjud.
Qonun qabul qilingandan so’ng uni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug’ildi va 2008 yilning 26 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” 141-sonli qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga asosan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish qoidalari” tasdiqlandi Shuningdek, qarorda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasini tashkil etish va uning asosiy vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Eng muhimi, mazkur qaror asosida majburiy sug’urtani amalga oshirish huquqini olish uchun sug’urta tashkilotlariga muayyan talablar belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish huquqini olish uchun sug’urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me’yordan kam bo’lmasligi kerak;

  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish huquqini olish uchun sug’urta tashkilotlari Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug’urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi)ning sug’urta to’lovlari to’g’risidagi talablarini ko’rib chiqish va sug’urta to’lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o’z filiallariga va boshqa alohida bo’linmalariga ega bo’lishi shart.

Davlat tomonidan majburiy sug’urtani amalga oshirishda sug’urta tashkilotlariga nisbatan bunday talabning o’rnatilishi bejiz emas, albatta. Buni shu bilan izohlash mumkinki, majburiy sug’urta butun O‘zbekiston xududini qamrab oladi va yo’l-transport hodisasi
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 141-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil, 26-27-son.
mamlakatimizning qaysi joyida sodir bo’lishidan qatiy nazar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zarar, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligining majburiy sug’urtasi bo’yicha sug’urta tashkiloti tomonidan jabrlanuvchiga zarar qoplab berilishi lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish huquqiga quyidagi sug’urta tashkilotlari haqlidirlar:

  1. “O‘zagrosug’urta” aktsiyadordik jamiyati.

  2. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi.

  3. “Kafolat sug’urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati.

  4. “Kapital sug’urta” aktsiyadorlik jamiyati.

  5. “Alfa invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati.

  6. “Asia insurans” sug’urta kompaniyasi.

  7. “Alskom” sug’urta kompaniyasi.

  8. “Ishonch” banklararo sug’urta kompaniyasi.

  9. “Universal sug’urta” aktsiyadorlik jamiyati.

  10. “Gross insurance” mas’uliyati cheklangan jamiyati.

  11. “Ingo Uzbekistan” yopiq aktsiyadorlik jamiyati.

  12. “Evroasia insuranse” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo’shma korxona.

  13. “Temiryo’l-sug’urta” sug’urta kompaniyasi.

Yuqorida nomlari keltirilgan sug’urta tashkilotlarining ustav kapitali 2018 yil 1 iyuldan sug’urtalovchilarning ustav kapitallariga nisbatan o’rnatilgan yangi talablarga to’la-tukis mos keladi. Ma’lumki, 2018 yil 1 iyuldan majburiy sug’urtani amalga oshiruvchi sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 15,0 milliard so’mdan kam bo’lmasligi shart. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi PF-5197-son Farmonida aniq ko’rsatilgan114. Shuningdek, mazkur sug’urta tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida filiallari mavjud.
Ta’kidlash joizki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishni joriy qilish kutilgan natijani berdi. Mustaqil tahlilchilarning fikrlariga ko’ra, majburiy sug’urtaning amaliyotga joriy etilishi mamlakat miqyosida sug’urtaning aholi barcha qatlamlari orasiga kirib borishiga va shu orqali sug’urta
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 31 maydagi PQ-1544-son qarori.
madaniyatini oshishiga xizmat qilgan. Bundan tashqari, majburiy sug’urtaning amaliyotga joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad yo’l-transport hodisalari sodir bo’lishi oqibatida jabrlangan shaxslarni ijtimoiy himoyasini kafolatlaydigan samarali tizimni shakllantirish edi. Ma’lumki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tizimining ijtimoiy yo’naltirilgan jihatlaridan biri mazkur sug’urta bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining tashkil etilganligi hisoblanadi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining funksiya va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonunida115 va Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008 yil 24 iyundagi 141-son qarorida atroflicha qayd etib
o’tilgan.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida majburiy sug’urta bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilgan: “transport vositalaridan foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga etkazilgan zararning o’rni ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini ta’minlash; ushbu Qonunga muvofiq sug’urta mukofotlari bo’yicha siylovlar olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning ayrim toifalarini qo’llab- quvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali moliyaviy jihatdan ta’minlash; majburiy sug’urta to’g’risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan majburiy sug’urta shartnomalari, sug’urta hodisalari, sug’urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar shaxsiga oid ma’lumotlarni o’z ichiga olgan axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek mazkur ma’lumotlar sug’urtalovchilar va To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi o’rtasida qonun hujjatlarida belgilangan sug’urta siri to’g’risidagi talablar ta’minlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish; ushbu moddaga
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17- son.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008 yil 24 iyundagi 141-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 26-27-son.
muvofiq To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo’yicha uning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash”117.
Jamg’arma tashkil etilgan paytdan boshlab o’z zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli va to’liq bajarilishini ta’minlash maqsadida yo’l-transport hodisasi sodir bo’lishi natijasida jabrlanuvchilarga kompensatsiya to’lovlari bo’yicha kelib tushgan arizalarni ko’rib chiqish va to’lovlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqdi. Mazkur hujjatlar jamg’arma tomonidan tegishli arizalarni o’z vaqtida ko’rib chiqish va kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi. Qonunga muvofiq, sug’urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo’llanilganda, jabrlanuvchiga etkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo’lganda va foydalanilayotganda zarar etkazgan transport vositasining egasi o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish bo’yicha majburiyatini bajarmaganda jamg’arma tomonidan kompensatsiya to’lovlari amalga oshiriladi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining asosiy vazifalaridan yana biri amaldagi qonunchilikka asosan sug’urta mukofotlarini to’lashda siylovlar berilishi belgilab qo’yilgan shaxslar tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta mukofotlari summasining
50 foizini sug’urtalovchilarga to’lash hisoblanadi. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko’ra quyidagi shaxslar sug’urta mukofotlari bo’yicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar ega118:
-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
-1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
-kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
-harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son.“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son.
xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
-Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
-pensionerlar;
-nogironlar.
Majburiy sug’urta shartnomasini tuzish uchun sug’urta qildiruvchi sug’urta tashkiloti va uning joylardagi vakillariga majburiy sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi ariza-anketani har bir transport vositasi bo’yicha taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:


  1. transport vositasini boshqarishga qo’yilgan sug’urta qildiruvchi — jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan varaqlari);

  2. transport vositasining texnik pasporti (schyot- ma’lumotnomasi) yoki uning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (transport vositasining oldi-sotdi (almashish, hadya qilish) shartnomasining nusxasi);

v) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat — agar majburiy sug’urta shartnomasi transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslargina boshqarishga qo’yilishi sharti bilan tuzilgan bo’lsa (transport vositasini boshqarishga qo’yilgan barcha shaxslar uchun, transport vositasi egasidan tashqari);
g) transport vositasini boshqarishga qo’yilgan barcha shaxslarning haydovchilik guvohnomasi yoki barcha haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslar qo’yilishi sharti bilan majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan taqdirda;
d) sug’urta qildiruvchi — jismoniy shaxslarning sug’urta mukofoti bo’yicha siylov olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, ma’lumotnomalar va shu kabilar) hujjatlar (agar bo’lsa).
Sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlarning to’liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Sug’urta puli majburiy sug’urta shartnomasida milliy valyutada ko’rsatiladi. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta
mukofotining miqdori hukumat qarori bilan tasdiqlangan sug’urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Hozirgi paytda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta summasining eng yuqori miqdori 12,0 mln.so’mga teng qilib belgilangan. Uning 35 foizgacha bo’lgan qismi yo’l-transport hodisasi sodir bo’lishi natijasida jabrlanuvchining – yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiga etkazilgan zararni qoplash uchun sarflanadi.
Sug’urta summasining 65 foizgacha bo’lgan qismi jabrlanuvchining hayoti va sog’ligiga etkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadi. Buni yuqorida keltirilgan chizmada yaqqol ko’rsatish mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotini hisoblashda tarif stavkasi quyidagilarni e’tiborga olgan holda o’zgaradi:

  • transport vositasining turi;

  • transport vositasining yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli ekanligi;

  • transport vositasi harakatlanadigan (ro’yxatga olingan) xudud;

  • oldingi davrlarda sug’urta hodisalarining sodir bo’lganligi yoki

  • bo’lmaganligi;

  • haydovchining yoshi;

  • transport vositasidan mavsumiy foydalanish;

  • haydovchining staji.

III) 921-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko‘rsatilmagan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan olinadi.
Sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
922-modda. Majburiy sug‘urta
923-modda. Majburiy sug‘urtani amalga oshirish
924-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari
925-modda. Sug‘urtalovchi
926-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
927-modda. Sug‘urta shartnomasining shakli
928-modda. Bosh polis bo‘yicha sug‘urtalash
956-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lash
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha, boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha yoki zararni qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qat’i nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga to‘lanadi.
Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlariga to‘lanadigan sug‘urta puli sug‘urtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.
Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling