299-modda. Arizaning mazmuni


Download 20.22 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1112496
  1   2
Bog'liq
norma


299-modda. Arizaning mazmuni
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;

  • farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to‘g‘risidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar;

  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish to‘g‘risidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

  • farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan sanasini (ko‘pi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilgan joyini (agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa) o‘zgartirish haqidagi, bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.
300-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:

  • nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi;

  • er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum bo‘lsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;

  • nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ko‘chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan ma’lumotnomalar);

  • fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi hujjat, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma;

  • turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

  • farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;

  • farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘lig‘i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;

  • o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
    Download 20.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling