2Amaliy mashg‘ulot Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlari
Download 0.49 Mb.
|
2-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarining turlari.
- Prokatlash.
- bo‘ylama prokatlash.
2Amaliy mashg‘ulot Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlari Metallarga ishlov berish jarayonlari ikki xil turga bo‘linadi: issiq holda va sovuq holda ishlov berish. Ularning bir-biridan farqi quyidagicha: Issiq holda metallarga ishlov berish jarayoni rekrisstallizatsiya haroratsidan yuqori haroratlarda amalga oshiriladi. Sovuq holda ishlov berish jarayoni esa o‘z o‘rnida rekrisstallizatsiya haroratsidan past haroratlarda amalga oshiriladi. Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarining turlari. Bosim bilan ishlov beriladigan metall qo‘llaniladigan tehnologiyaga qarab quyidagilarga bo‘linadi (2.1-rasm): 2.1rasm. Metallarga bosim bilan ishlov berishning asosiy turlari: 1) prokatka; 2) bolg‘alash; 3) presslash; 4) kiryalash; 5) hajmiy shtamplash; 6) list shtamplash; 7) kombinatsiyalashgan usullar bilan ishlov berish; Prokatlash. Prokatka deganda plastik metallarni prokatlash mashinasi (stani)ning aylanuvchi jo‘valari orasidan ezib o‘tkazishilishi tushuniladi. Bunda zagotovkaning ko‘ndalang kesim yuzasi kichrayib, bo‘yiga uzayadi va qisman eniga ortadi. Prokatlashning bo‘ylama, ko‘ndalang va ko‘ndalangvint usullari mavjud. Bu usullar ichida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning 75-80% bo‘ylama prokatlashga to‘g‘ri keladi (2.2-rasm). 2.2rasm. Prokatlash jo‘valarining turlari bo‘ylama prokatlash. Bu usulda zagotovka bir o‘qda parallel o‘rnatilgan va qarama-qarshi tomonga aylanuvchi silindrik jo‘valar orasidan ezib o‘tkazib ishlanadi. Natijada uning ko‘ndalang kesim yuzi kichrayib, bo‘yiga va qisman eniga ortadi. Shuni qayd etish joizki, agar listlar, polosalar prokatlashda olinadigan bo‘lsa, prokat stanining silindrik jo‘valari tekis va silliq, turli profilli buyumlar (masalan, shveller, qo‘shtavr) olinadigan bo‘lsa, o‘yiqli bo‘ladi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling