2–ish. Bolg‘achali maydalagichlar bolg‘achasi tebranish markazining joylashishini tekshirish va uning F. I. K. aniqlash Ishdan maqsad
Download 236.58 Kb.
|
2-лаб.иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni
- Ish joyi jihoslari
2–ish. Bolg‘achali maydalagichlar bolg‘achasi tebranish markazining joylashishini tekshirish va uning F.I.K. aniqlash Ishdan maqsad: Bolg‘achali maydalagichlar umumiy sxemasi, bolg‘achalari shakllarini, bolg‘acha tebranish markazining joylashishini tekshirishni va uning F.I.K. aniqlashni o‘rganish. Ishning mazmuni: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Bolg‘achali maydalagichlar umumiy sxemasi va bolg‘achalari shakllarini o‘rganish. 3. Har xil shakldagi bolg‘achalardan birining (o‘qituvchi tavsiyasi bilan) tebranish markazining joylashishini tekshirish. 4. Bolg‘acha F.I.K. ni aniqlash. Ish joyi jihoslari: bolg‘achalar namunalari, elektron torosi, sekundomer, chizg‘ish, bolg‘achani tebranishini aniqlash asbobi. ISHNI BAJARISH TARTIBI Umumiy ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida hozirgi kunda ozuqalarni maydalash asosiy mashinalari-bolg‘achali don maydalagichlar yoki bolg‘achali ishchi qismli maydalagichlar nafaqat donli ozuqalarni maydalashda qo‘llanishdan tashqari dag‘al va sersuv-shirali ozuqalarni maydalashda ham keng qo‘llanilmoqda. Bolg‘achali maydalagichlarning keng tarqalishi ularning qator avzalliklari bilan belgilangan. Ular tuzilishi jihatdan sodda, metall sig‘imi nisbatan katta emas, har xil fizik–mexanik xususiyatli ozuqalarga ishlov berish jihatdan universal, ishchi qismlari oson almashtiriladi, nisbatan uzoq muddat ishlaydi, ozuqa tarkibidagi begona jismlarga nisbatan kam ta’sirchan va zootexnik talablarni qanoatlantiradigan maydalangan mahsulotlar beradi. Bolg‘achali maydalagichlarning ko‘plab konstruktiv sxemalari ishlab chiqilgan va ular bitta qurilma umumiy sxemasiga mujassamlangan (3-rasm). Bolg‘achali don maydalagichlarning qoliplangan ish rejimida qator ketma-ket bosqichlarni kuzatish mumkin: maydalanuvchi materialni uzatish, ishchi kamerasida mahsulotga ishlov berish (maydalash) va tayyor mahsulotni chiqarish. 3-rasm. Bolg‘achali don maydalagich ish jarayoni sxemasi: 1-rotor; 2- bolg‘acha; 3-korpus; 4-to‘r to‘siq; 5-deka; 6-yuklash bo‘g‘izi. Material ishchi kamerada bolg‘achalarning ketma-ket zarbalar va ko‘p martalab dekaga va to‘r to‘siqlarga urilib qaytishi natijasida kichik zarrachalarga maydalaniladi va to‘r to‘siqdan o‘tib tashqariga chiqariladi. To‘r to‘siq tayyor mahsulotni ishchi kameradan chiqarishga ozuqaning maydalash darajasini rostlashga xizmat qiladi. Download 236.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling